Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati
Download 202.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat kreditning funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kredit nazariyalari tanqidi
Xalqaro kredit. Bu kreditlarni paydo bo'lishiga obyektiv asos bo'lib xo'jalik
hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi sabab bo'ldi. Xalqaro kredit — bu ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat tomonidan ularning banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga muddatli hamda to'lovlilik asosida beriladigan kreditlar tushiniladi. Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi; — kreditorlar va qarz oluvchilar bo‘lib xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valuta krediti institutlari bo‘lishi mumkin; — qarz mablag‘lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; — ssuda foizi manbasi bo‘lib qarzdor-mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi. Xalqaro bank krediti — bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o‘rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidir. 13 4. Kredit nazariyalari tanqidi Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga turlicha balio berib kelganlar, ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari uni o‘rnini keyingi darajaga qo'yib kelganlar. Kredit to‘g‘risidagi nazariyalar ikki guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi kreditning naturalistik nazariyasi deb nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari bo‘lib A.Smit va D.Rikardolar hisoblanadilar. Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriladi, ya’ni kredit faqat jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash shakli bo'ladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Bu nazariyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: — kredit moddiy qiymatliklami bir qo'ldan ikkinchisiga o‘tkazishda texnik vosita (qurol) bo‘lib hisoblanadi. — kredit obyekti bo'lib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi; — ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakati ishlab chiqarish kapital harakatiga mos keladi; — banklar moddiy qiymatliklami bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga o‘tkazib beruvchi vositachi sifatida ishtirok etadi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan kredit nazariyasi yo‘nalish namoyondalari tomonidan kredit to‘g‘risida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto‘g‘ri xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki ular kreditning (ssuda kapitalini) harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalining harakatini noto‘g‘ri ko‘rsatib beradilar. Hattoki kreditni qayta taqsimlash funksiyasini ham oxirigacha olib bera olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shuki, ular kreditni ishlab chiqarishga bevosita bog'liq, lekin ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta’sirini ko‘rsatib bera olmaganlar. Haqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini natijasi bo‘lib, ikki xususiyatga ega, ya’ni kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatishi, yoki unda qarama qarshiliklarni ham vujudga keltirishi mumkin. Download 202.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling