Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati
Download 202.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat kreditning funksiyalari
14 Xulosa Xulosa qilib aytganda, Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarni bilish demakdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning mohiyati bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Kreditning mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayyan ravishda namoyon bo'lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda turlicha beriladi.Kreditning ta’minlanganlik ta’moyili qarz oluvchi o‘ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi va o‘zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiyot barqarorlikka erishish davrida ayniqsa muhimdir. Kredit tovar — pul bozor munosabatlari mavjud sharoitidagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kredit — bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini m a’lum muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Ssuda kapitali — bu faoliyat ko‘rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat qiluvchi va foiz keltiruvchi ssuda (qarz)ga beriladigan pul kapitalidir. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo ‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari m a’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Ssuda kapitali o ‘ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to‘lanadigan foiz kapital «baho»si bo'lib ishtirok etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling