Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati
Kreditning asosiy shakllari va turlari
Download 202.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat kreditning funksiyalari
3. Kreditning asosiy shakllari va turlari
Kapitalistik formatsiyaga qadar kreditning sudxo‘rlik shakli keng tarqalgan bo'lib -bu qarz oluvchiga m a’lum foiz asosida qaytarib berish sharti asosida beriladigan pullik ssudadir. Sudxo‘rlik kreditining obyekti bo‘lib sudxo'rlik kapitali hisoblanadi. Sudxo‘rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni paydo bo'lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar — pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir. Sudxo‘rlar krediti yergarovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Kreditorlik tuzumi davrida sudxo'rlik krediti yanada rivojlandi. Feodalizm davrida esa kreditning pul shakliga o'tishi to‘la-to‘kis amalga oshirildi. Pul boyliklarini sudxo'rlar qo'lida to ‘planishi kapitalning birlamchi jam g‘arilishiga turtki (sababchi) bo‘ldi. Sudxo‘rlik kreditida qarz oluvchilar bo‘lib — asosan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar dehqonlar va xunarmandlar, ya’ni kreditdan o‘zlarining zaruriy iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talablarini, kreditor va savdogarlarga soliqlarni va qarzlarni to'lash jarayonida foydalanganlar. Bu qarz va to‘lovlar xramlarga, monastirlarga, cherkovlarga toan’lgan. Sudxo‘rlik kapitalining xarakterli belgisi bo’lib - qarzdorlar tomonidan ssudalarni noishlab chiqarish ko'rinishida foydalanish ustivor yo'nalish bo‘lib hisoblangan va ssuda foiz yuqori darajada bo'lgan. U ndan so‘ng kreditning boshqa shakllari (ko'rinishlari), ya’ni pul shaklidagi ko‘rinishlari rivojlana boshlagan. Kreditning bu shakllari ssuda kapitalining harakatini bildirib — pul kapitali sifatida namoyon bo'lgan. Pul kapitali qaytarib berishlik, to‘lovlilik va foiz stavkasi asosida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari bo‘lib: — qarzdorlar bo'lib savdo — sanoat ishlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar; — qarz mablag‘lari — kapital sifatida, ya’ni qo‘shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan; — ssuda foizi manbasi bo‘lib — yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymati hisoblanadi. Bu davrda kredit turli shakllarni egallaydi (oladi). Ular asosan qatnashuvchilarning turiga, ssuda obyektiga, kredit foizi hajmiga va harakat qilish 11 muhitiga qarab farqlanadi (guruhlanadi). Shunga ko‘ra kredit bir necha shakllarga bo'linadi. Download 202.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling