Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/183
Sana22.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1378878
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183
Bog'liq
Hamdam Atajanov

accomodation
turar joy
(a flat)
scenery
manzara (a view) information ma'lumot
baggage
yuk
travel
sayohat
(a journey, a trip) news
yangilik, xabar
bread
non
weather
ob-havo
progress
rivoj, olg'a siljish
furniture
mebel
(a chair)
advice
maslahat
(a suggestion)
traffic
qatnov (a car)
Hamdam Atajanov


85
luggage
bagaj, safar yuki behaviour xulq-atvor
trouble
tashvish
(a problem)
permission
ruxsat
chaos
tartibsizlik
work
ish (a job)
Yuqoridagi sanalmaydigan otlar oldidan noaniq artikl (a/an) qoʻyib boʻlmaydi va ularning koʻplik shakli
yoʻq. Masalan:

He gave me a good advice. (notoʻg'ri)

He gave me some advices. (notoʻg'ri)

He gave me some good advice. (toʻg'ri)
Qoʻshimcha tarzda quyidagi sanalmaydigan otlarni keltirish mumkin:
clothing
kiyim-kechak
jewellery zargarlik
lightning
chaqmoq
meat
goʻsht
money
pul
rubbish
ahlat
shopping
bozor-oʻchar
soap
sovun
thunder
momoqaldiroq toast
qizdirilgan non
equipment uskuna

Don't trouble trouble, until trouble troubles you. (Tashvish sizni tashvishga solmaguncha, siz
tashvishni tashvishga solmang.)
Ingliz tilida money- pul sanalmaydigan ot ekanligidan deyarli hamma talabalar ajablanishadi. Pul bu yerda
umumiy tushuncha sifatida qoʻllanilganini, biz sanaydigan pullar aslida qog'oz banknotalar ekanini
tushunib olish kerak.

Money is not everything.
news soʻzi birlikdagi ot hisoblanadi va birlikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi.

No news is good news. (Xabar yoʻqligining oʻzi yaxshi xabar.)
Yuqoridagi qoidalardan umumiy xulosalar chiqaramiz:
I) Sanaladigan birlikdagi otlar umumiy ma'noda har doim a/an artikli bilan qoʻllanishi lozim.

I have got a dog and a cat.

A dog is an animal.
II) Sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanmaydi.

Milk is white.

I hate violence.
III) Koʻplikdagi sanaladigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.

Dogs are animals.

All cars have wheels.
Eslatma: Otlarning umumiy ma'nosi deyilganda, otlarning aniq biri yoki aniq bir miqdori nazarda
tutilmasdan, ular haqida umumiy fikr yuritilgan holatga yoki ma'nosiga aytiladi.
Masalan:

A car is a useful means of transport. (a car - xohlagan bir avtomobil)

Cars have wheels. (cars - hamma avtomobillar)
sugar - shakar (umuman predmet sifatida tushinilganda.)

I don't like sugar. (Men shakarni yoqtirmayman.)

Sugar is imported into our country. (Shakar bizning davlatga import qilinadi.)
Hamdam Atajanov


86
S
OME SO
ʻ
ZINING OTLAR BILAN QO
ʻ
LLANISHI
some soʻzi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan bir qancha, sanalmaydigan otlar oldidan biroz degan
ma'nolarda muayyan miqdorni bildirib keladi.

I have written some letters today. (Men bugun bir qancha xatlar yozdim.)

I bought some sugar yesterday. (Men kecha biroz shakar sotib oldim.)
some soʻzi ba'zi degan ma'noda ham qoʻllanishi mumkin. Bunday ma'noda u inkor gaplarda ham qoʻllana
oladi.

Some people like tea, some don't. (Ba'zi odamlar choyni yoqtirishadi, ba'zilari esa yoʻq.)

Some birds, for example, penguins can't fly. (Ba'zi qushlar, masalan, pingvinlar ucha olishmaydi.)
Otlarning umumiy ma'noda yoki cheklangan miqdorda qoʻllanilish holatlarini qiyoslaymiz.

I hate writing letters. (Men xat yozishni yomon koʻraman, umumiy ma'noda.)

I wrote some letters yesterday. (Men kecha bir nechta xat yozdim, bir nechta xat - muayyan miqdor
ma'nosida).

I don’t take sugar in coffee. (Men kofega shakar qoʻshmayman, umumiy ma'noda.)

Can I have some sugar? (Biroz shakar olsam boʻladimi?, biroz shakar - muayyan miqdor ma'nosida)
N
OANIQ ARTIKLNING OTLAR OLDIDAN KELISH QOIDALARI
Ingliz tilida noaniq artikl ikki xil (a/an) koʻrinishga ega. Noaniq artiklning otlar oldidan kelishi undan keyin
unli va undosh tovush kelishiga qarab oʻzgaradi. Agar ot oldida belgini bildiruvchi sifat boʻlsa, artikl undan
oldin keladi.
a book - an interesting book a general - an unsuccessful general
Eslatma: Ehtiyot boʻlish kerak boʻlgan holat bu - u, h va o harflari bilan boshlanadigan otlar oldidan noaniq
artiklning kelishidir. Bunday vaziyatlarda birinchi harf qanday talaffuz qilinishiga e'tibor berish lozim.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling