own - oʻz soʻzi egalik sifatlari bilan qoʻllaniladi . Uni qoʻllashning ikki yoʻli bor.
I have my own room yoki I have a room of my own. (Mening oʻzimning xonam bor).
Frank has started his own business. (Frenk oʻzining biznesini boshladi.)
On my own/on his own/on her own etc. - yolg'iz ma'nosida qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu
birikma ish-harakat bajaruvchining yolg'iz (bir oʻzi tomonidan) bajarilishini bildiradi.
I went to the cinema on my own yesterday. (Men kecha kinoga yolg'iz bordim.)
I enjoy being on my own. (Men yolg'iz boʻlishdan zavqlanaman.)
A lady was sitting in the corner on her own. (Bir ayol burchakda bir oʻzi oʻtirgan edi.)
Eslatma: Egalik olmoshlari ingliz tilida yana boshqa holatlarda ham qoʻllaniladi. Masalan: He is your friend
gapini He is a friend of yours sifatida berish mumkin.
Demak, bu qurilmada of soʻzidan keyin egalik olmoshlari qatnashishi lozim.
Yesterday I met a relative of yours/hers/ours/theirs.
Agar yuqoridagi holatda egalik olmoshi emas, boshqa otlar keladigan boʻlsa, ular bilan apostrof qoʻllanishi
lozim.
He is a friend of Tom's.
R
EFLEXIVE PRONOUNS
(Oʻ
ZLIK OLMOSHLARI
)
Ingliz tilida ish-harakat bajaruvchisi va toʻldiruvchisi bir shaxs yoki predmet boʻlmaydi, ya'ni ish-harakat
boshqa birovga oʻtadi.
Tom is talking to Ann. (Tom Anna bilan gaplashyapti.)
Tom is talking to her. (Tom u bilan gaplashyapti.)
Oʻzlik olmoshlari ish-harakatning bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxsni bitta shaxs sifatida bera
oladi, ya'ni ish-harakat hech kimga oʻtmaydi va shaxsning oʻziga qaytadi.
Hamdam Atajanov
102
Do'stlaringiz bilan baham: |