Eslatma: Yuqoridagi vaziyatlarda artikl va boshqa aniqlovchi soʻzlar whole soʻzidan oldin, all olmoshidan
keyin qoʻllanishini ham e'tiborga olish kerak.
her whole life - all her life
the whole time - all the time
MOST
/
HALF
most olmoshi koʻpchilik degan ma'noda koʻplikdagi sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar oldidan
qoʻllaniladi.
Most tourists do not visit this part of the city. (Koʻpchilik turistlar shaharning bu qismini ziyorat
qilishmaydi.)
Most of the money was stolen. (Pulning koʻpchiligi oʻg'irlangan edi.)
most+of+(my/the/these)+noun qurilmasida qoʻllanilganida most olmoshi cheklangan miqdordagi
shaxs yoki narsalarning koʻpchiligi degan ma'noda qoʻllaniladi.
Most of my friends live in Tashkent. (Doʻstlarimning koʻpchiligi Toshkentda yashashadi.)
I had 100 pounds and most of it was spent on PC games. (Mening 100 funtim bor edi va uning
koʻpchiligi kompyuter oʻyinlariga sarflandi.)
most olmoshi yolg'iz oʻzi ham qoʻllanishi mumkin.
The band sang a few songs. Most were old songs, but some were new. (Guruh bir necha qoʻshiqni
kuyladi. Koʻpchiligi eski qoʻshiqlar edi, lekin ba'zilari yangi edi.)
most - koʻpchilik ma'nosidagi olmoshni sifatning orttirma darajasini yasaydigan the most eng soʻzidan
farqlash lozim. most soʻzi olmosh ma'nosida oldidan hech qanday artikl olmaydi va undan keyin ot keladi.
Most people would like to have more money.
the most sifatning darajasini bildirganda sifat bilan qoʻllaniladi.
The most interesting book I've ever read is Tixiy Don by Sholokhov.
half - yarmi/yarmisi degan manolarda olmosh boʻlib keladi va sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar
oldidan qoʻllaniladi. half olmoshi half + of (my/the/these )+ noun qurilmasida qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |