111
ALL
all -
hamma olmoshi ot bilan qoʻllaniladi.
all olmoshidan keyingi ot koʻplikdagi sanaladigan yoki sanalmaydigan ot boʻlishi ham mumkin.
all + noun -
all olmoshi toʻg'ridan-toʻgri ot bilan biriksa, umumiy ma'noda qoʻllaniladi.
All plants need water.
(Hamma oʻsimliklar suvga ehtiyoj sezadi.)
All matter is made up of atoms.
(Hamma materiya atomlardan tashkil topgan.)
all of+(my / the / these ) + noun qurilmasida all olmoshi muayyan bir guruh yoki cheklangan miqdordagi
predmetlarning hammasi degan ma'noda qoʻllaniladi.
All of the children in our street like playing football.
(Bizning koʻchadagi hamma bolalar futbol
oʻynashni yoqtirishadi.)
All of the advice you gave me was useless.
(Siz menga bergan hamma maslahatingiz foydasiz edi.)
Qiyoslaymiz:
All children like playing football.
(Hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi...umumiy ma'no)
All of the children in the class like playing football.
(Sinfdagi hamma bolalar futbol oʻynashni
yoqtirishadi... faqat sinfimizdagi)
Yuqoridagi
holatda all olmoshidan keyin
of soʻzini tushirib qoldirish mumkin.
all of the children = all the children
All the children in the class like playing football.
Lekin ot oʻrnida toʻldiruvchi olmosh
(object pronoun) qoʻllanilganda
of qatnashishi lozim:
all of them/us/it etc.
All of them must be ready for the exams.
(all them emas.)
all olmoshini gap oʻrtasida fe'llardan oldin yoki keyin qoʻllash mumkin.
These
cups are all dirty.
(=All the cups are dirty.)
These guests have
all gone now.
(=All the guests have gone now.)
Do'stlaringiz bilan baham: