Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/183
Sana22.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1378878
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183
Bog'liq
Hamdam Atajanov

do/does/did yordamchi fe'llari qatnashgan soʻroq gaplarda bunday vaziyatlarda ehtiyot boling. Ikkinchi
soʻroq gap darak gap tartibiga oʻtganda uning tarkibidan mazkur fe'llar tushib qoladi.
1) Do you know?
2) When does the film begin? (ikkita gap)

Do you know when the film begins? (bitta soʻroq gap, does yordamchi fe'li tushib qoldirilgan)
Agar ikkinchi soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, bunday vaziyatda if/whether soʻzlari bilan boshlanishi
kerak boʻladi.
1) Do you know?
2) Did he see you? (ikkita umumiy soʻroq gap)

Do you know if/whether he saw you? (bitta soʻroq gap)
Oʻzbek tiliga tarjima qilinganda ikkinchi gap boʻlib qatnashgan soʻroq gaplar murakkab toʻldiruvchi
sifatida qabul qilinadi.

Do you know where the station is? (Siz bekat qayerdaligini bilmaysizmi?)

Do you know if he saw you? (U seni koʻrgan yoki koʻrmaganini bilasanmi?)
Soʻroq gaplar buyruq yoki boshqa darak gaplardan keyin ham qoʻllanishi mumkin. Bu holatda ham soʻroq
gap darak gap tartibida yoziladi.
1) Tell me. (buyruq gap)
2) Why did she leave early? (maxsus soʻroq gap)

Tell me why she left early.
1) We don't know.(darak gap)
2) When will she come? ( maxsus soʻroq gap)

We don't know when she will come.
1) I am not sure. (darak gap)
2) Will she be here tomorrow? (umumiy soʻroq gap)

I am not sure if/whether she will be here tomorrow.
I
NKOR SO
ʻ
ROQ GAPLAR
(N
EGATIVE
Q
UESTIONS
)
Ingliz tilida inkor soʻroq gaplar oʻziga xos vaziyatlarda qoʻllaniladi va ularni uchta guruhga ajratish mumkin.
Birinchidan, inkor soʻroq gaplar taajjubni ifodalash uchun qoʻllaniladi:

Didn't you hear the bell?! I rang it four times! (Qoʻng'iroqni eshitmadingmi?! Men uni toʻrt marotaba
chaldim!)
Ikkinchidan, inkor soʻroq gaplar his-hajayonni ifodalash uchun qoʻllaniladi:

Doesn't that dress look beautiful? (Anavi kuylak juda chiroyli-a?)
Uchinchidan, inkor soʻroq gaplar suhbatdoshimizdan fikrimizni tasdiqlashini xohlaganimizda qoʻllaniladi,
ya'ni biz savol berayotganda ha javobini kutamiz.

Haven't we met somewhere before? (Avval biror joyda uchrashmaganmizmi?)
Soʻnggi yillarda DTM tomonidan qoʻllanayotgan testlarda inkor soʻroq gaplarga javob tanlash testlari ham
uchramoqda. Bunday testlarga javob tanlashda oddiy savolga qanday javob berilsa, shunday javob
tanlanadi.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling