be afraid to do something - biror ish qilishga qoʻrqmoq ma'nosida qoʻllanadi. Bu vaziyatda biz
qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf haqiqatan mavjud boʻladi.
The sea was rough. We were afraid to swim in the sea. (Dengiz toshqin edi. Biz dengizda choʻmilishga
qoʻrqdik.)
The streets of the city are very dangerous at night. People are afraid to go out. (Tunda shahar
koʻchalari juda xavfli. Odamlar tashqariga chiqishdan qoʻrqishadi.)
be afraid of doing something - biror ish qilishdan xavfsiramoq degan ma'noda qoʻllanadi. Odatda, bu
vaziyatda qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf mavjud boʻlmaydi, lekin ehtimoli bor.
I don't usually carry my passport with me. I am afraid of losing it. (Men odatda pasportim oʻzim
bilan olib yurmayman. Men uni yoqotib qoʻyishdan qoʻrqaman/xavfsirayman.)
We rushed to the station. We were afraid of missing the train. (Biz vokzalga shoshildik. Biz poyezdni
oʻtkazib yuborishdan qoʻrqdik.)
chance of doing something - biror ish qilishga imkoniyat (omad) borligini bildiradi.
She has a very good chance of passing the exam. (Uning imtihondan oʻtish imkoniyati juda yaxshi.)
chance to do something - biror ish qilishga imkoniyat (vaqt) borligini bildiradi.
Sorry, but I didn't have a chance to look at your application.(Kechirasiz, lekin sizning hujjatingizni
koʻrib chiqishga imkoniyatim (vaqtim) boʻlmadi.)
opportunity to do something va opportunity of doing something qurilmalari ham yuqoridagi
holatdagidek qoʻllaniladi.
LIKE
/
WOULD LIKE
Quyidagi fe'llardan keyin fe'lning gerundiy qoʻllaniladi.
like
yoqtirmoq
love
sevmoq
hate
nafratlanmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |