happy pleased
sad
surprised astonished
glad
delighted disappointed amazed
relieved
We were delighted to get your letter last week.
I am sorry to hear that your father is ill.
Tartib sonlari (the first/the second/the third) va shularga oʻxshash boʻlgan (the next/the last/the only)
soʻzlaridan keyin ham to+infinitive qoʻllaniladi.
The next train to arrive at platform 4 will be the 6.45 to Cardiff.
If I have any news, you will be the first to know.
Biror bir ish-harakat sodir boʻlishi aniq yoki ehtimolligini bildirish uchun likely/sure/bound/certain +
to infinitive qurilmasini qoʻllaymiz.
She is very intelligent. She is sure/bound/certain to pass the exam. (U juda aqlli. U imtihondan
oʻtishi aniq.)
I am likely to be late home this evening.
SEE SOMEBODY DO
/
DOING
Ingliz tilida biror shaxsning amalga oshirgan yoki bajarayotgan ish-harakatlarini tasvirlash uchun
qoʻllaniladigan fe'llar guruhi mavjud. Bu fe'llar orasida eng koʻp qoʻllanadigani to see - koʻrmoq fe'lidir.
Masalan, men koʻchada ketayotib, Tomning mashinasiga oʻtirib, haydab ketganini koʻrdim.
I saw Tom.(Men Tomni koʻrdim.)
He got into his car and drove away. (U mashinasiga oʻtirdi va haydab ketdi.)
Yuqoridagi misolda ikkita gapni bitta qulay qurilma yordamida birlashtirib, bitta gap sifatida yozish
mumkin.
I saw Tom get into his car and drive away. (Men Tomni mashinaga oʻtirib, haydab ketganini koʻrdim.)
Demak, agar birovning biror ish qilganini koʻrsak, quyidagi qurilma yordamida tugallangan ish- harakat
tasvirlanadi.
to see somebody do something
Did you see anyone go out? (Birovning chiqqanini koʻrdingmi?)
Yuqoridagi qurilmada to see fe'lidan keyin toʻldiruvchi+bare infinitive (go/drive/break etc.) qoʻllaniladi.
Majhul nisbatda esa toʻldiruvchi ega oʻrniga chiqqani uchun to+infinitive qoʻllashimiz kerak boʻladi.
They were seen to go out.
Agar birovning biror ish qilayotganini koʻrsak, ya'ni ish-harakat oʻsha paytda davom etib turgan boʻlsa,
toʻldiruvchidan keyin gerundiy qoʻllashimiz kerak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |