Alloh taolo Niso surasi 61-oyatida shunday deydi: - Alloh taolo Niso surasi 61-oyatida shunday deydi:
- “Va qaytarilgan bo‘lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo‘l bilan eganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qo‘ydik”.
-
- Oli Imron surasi 130–132-oyatlarida shunday deyiladi:
- “Ey iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki najot topsangiz. Va kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan olovdan qo‘rqing. Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki rahm qilinsangiz”.
Ibn Umar roziallohu anhu rivoyat qiladilar: - Ibn Umar roziallohu anhu rivoyat qiladilar:
- “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qildilar: “Tillani tillaga (yoxud tillani kumushga yoki kumushni kumushga) sotish ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari bilan: “Ol”, – demasalar va bir-birlarining mollarini (tilla yoki kumushlarini) qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rliqdur (poraxo‘rliqdur). Bug‘doyni bug‘doyga sotish ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari bilan: “Ol”, – demasalar va bir-birlarining mollari qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur. Xurmoni xurmoga sotish ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari bilan: “Ol”, – demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur. Arpani arpaga sotish ikki tomon bir-birlariga tillari bilan: “Ol”,– demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur”.
- Hadislarda riboga qo‘yilgan taqiqlar:
- Islomgacha bo‘lgan ribo musulmon yozuvchilari o‘rtasida ribo al-johiliya nomi bilan ham mashhur. Johiliya ribosi amaliyotda qarz miqdorining qarz yuzaga kelgan davrdan yoki qarz to‘lov muddati kelishi bilan uning muddatini uzaytirish hisobiga ortishi bilan izohlanadi. Islom tarixchisi va olimi at-Tabariy Alloh taolo tomonidan taqiqlangan ribo haqida so‘zlar ekan, shularni qayd etadi: “Islomdan oldingi vaqtlarda o‘zgalardan qarzdor kishi shunday der edi: “Men senga juda ko‘p beraman, albatta, sen to‘lov muddatini uzaytirsang”. Va qarz beruvchi to‘lov kunini uzaytirib qo‘yar edi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |