- Foiz va sudxo‘rlik konsepsiyasi nomusulmonlar nuqtai nazarida:
- Birinchi guruh nasorolikkacha shakllangan guruh bo‘lib, uning ichiga yahudiylar, yunonlar va rimliklar kiradi. Ikkinchi guruh esa nasroniylarni o‘z ichiga oladi. Islom ikkala guruhni ham tan oladi va ularni Injil va Tavrot yuborilgan ahli kitob deb ataydi.
- 2. Ssuda foiziga munosabatlar va qarashlar hamda riboning tasniflari.
- Yahudiylarga ham ssuda foizi olish man etilgan. Bu taqiq yahudiylikning muqaddas kitobida bayon etib qo‘yilgan. Bunda yahudiylarga, kambag‘allarga va jamiyatga qabul qilingan notanish odamlarga qarzlarni foizga berish man etilganligi aytib o‘tilgan.
-
- “Chiqish” kitobi 22:25 da shunday deyiladi: “Agar Mening xalqim kambag‘alidan biriga pul bersang, uni kamsitmagin va unga orttirmagin”. (Tavrot, CHiqish. 22:25)
-
- Yunonlarda ssuda foizidan foydalanishning taqiqlanishi hech bir qonun manbasida ko‘rsatib o‘tilmagan. Yunon sivilizatsiyasi davrida kreditni so‘ndirish va investitsiyalarni qaytarish bo‘yicha bir necha shakldagi foiz stavkalari mavjud edi. Foiz stavkasi, odatda, kelib chiquvchi ssuda foizi yoki oddiy foiz stavkasi deb atalgan.
-
- Kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi foizlarga bo‘lingan: standart kreditlar bo‘yicha 6–18%, ko‘chmas mulkka kreditlar bo‘yicha 6,67–12%, shahar kreditlari bo‘yicha 7–12%, savdo va sanoat kreditlari bo‘yicha 12–18%. Kimdir investitsiyalarga aniq quyilma qilmoqchi bo‘lsa, unga 6–10% miqdorida haq to‘langan. (Homer, 1977)
Rim sivilizatsiyasida ssuda foizlarini to‘lash eramizdan avvalgi 5-yilda boshlanib, eramizning 4-yilida tugallandi. “O‘n ikki jadval qonuni” (mil. av. 451– 450) qadimiy Rimdagi yillik foiz stavkalari yuqori darajasini o‘rnatib bergan birinchi qonunlar to‘plami edi. Rim davrida foiz stavkalarining to‘rtta shakli mavjud edi: yuqori foiz stavkasi (8,33–12,5%), Rim uchun standart foiz stavkasi (4–12,5%), mahalliy foiz stavkasi (6–10%) va Vizantiya foiz stavkasi (4 –12,5%). - Rim sivilizatsiyasida ssuda foizlarini to‘lash eramizdan avvalgi 5-yilda boshlanib, eramizning 4-yilida tugallandi. “O‘n ikki jadval qonuni” (mil. av. 451– 450) qadimiy Rimdagi yillik foiz stavkalari yuqori darajasini o‘rnatib bergan birinchi qonunlar to‘plami edi. Rim davrida foiz stavkalarining to‘rtta shakli mavjud edi: yuqori foiz stavkasi (8,33–12,5%), Rim uchun standart foiz stavkasi (4–12,5%), mahalliy foiz stavkasi (6–10%) va Vizantiya foiz stavkasi (4 –12,5%).
Do'stlaringiz bilan baham: |