Yuqoridagi tasnifdan tashqari riboning boshqa shakllari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning taqiqlaridan kelib chiqib ta’riflanadi. Islom huquqi tadqiqotchisi SHayx Muhammad Abu Zahra o‘zining “Hotam an-Nabiy” (Payg‘ambarlar muhri) nomli kitobida riboni ikki guruhga bo‘ldi. - Yuqoridagi tasnifdan tashqari riboning boshqa shakllari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning taqiqlaridan kelib chiqib ta’riflanadi. Islom huquqi tadqiqotchisi SHayx Muhammad Abu Zahra o‘zining “Hotam an-Nabiy” (Payg‘ambarlar muhri) nomli kitobida riboni ikki guruhga bo‘ldi.
- Birinchi guruh qarz ribosi deb ataladi. Bunda qarzga berilgan pulni qaytarish muddati necha marta uzaytirilsa, uning asosiy miqdori har safar ko‘payib boraveradi.
- Qarzni qaytarish muddatini uzaytirganlik uchun qo‘shimcha yoki orttirma mablag‘ sifatidagi mukofot to‘lovi ribo deb ataladi.
- Ikkinchi guruhga esa Abu Zahraning fikricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan ribo sifatida ko‘rsatib berilgan savdo ribosi kiradi.
Riboni chuqur o‘rganish davrida zamonaviy musulmon olimlari va huquqshunoslari arab atamashunosligidagi ribo an-nasia va ribo al-fazl tushunchalariga murojaat etishadi. “Nasiya” so‘zi “nasaa” so‘zining o‘zagidan olingan bo‘lib, kutish, kechiktirish, uzaytirish ma’nolarini anglatadi. Bu yerda qarzdorning o‘rnatilgan vaqtdan so‘ng qarzni qaytarish imkoniyatlari mavjud bo‘ladigan vaqt haqida so‘z bormoqda. Qarzdor kechiktirilgan yoki uzaytirilgan muddat uchun qo‘shimcha miqdor yoki mukofot to‘laydi, xuddi mana shu narsa Islomda ribo sifatida baholanadi. - Riboni chuqur o‘rganish davrida zamonaviy musulmon olimlari va huquqshunoslari arab atamashunosligidagi ribo an-nasia va ribo al-fazl tushunchalariga murojaat etishadi. “Nasiya” so‘zi “nasaa” so‘zining o‘zagidan olingan bo‘lib, kutish, kechiktirish, uzaytirish ma’nolarini anglatadi. Bu yerda qarzdorning o‘rnatilgan vaqtdan so‘ng qarzni qaytarish imkoniyatlari mavjud bo‘ladigan vaqt haqida so‘z bormoqda. Qarzdor kechiktirilgan yoki uzaytirilgan muddat uchun qo‘shimcha miqdor yoki mukofot to‘laydi, xuddi mana shu narsa Islomda ribo sifatida baholanadi.
- 3. Islomda riboga munosabat va islomdagi mazhablarning riboga qarashlari.
- Hanafiy mazhabi:
- 1. Agar tengma-teng bahodagi almashtirish amalga oshirilsa, unda almashtirish predmeti shartiga ko‘ra bir va mana shu guruhga tegishli tovarlar tortilish yoki o‘lchanish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Masalan, bug‘doyni bug‘doyga sotishda. “Qo‘ldan qo‘lga berish” bitimida foyda olishga va tomonlarning bitimni kechiktirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- 2. Agar tengma-teng bahodagi almashtirish amalga oshirilsa, unda almashtirish predmeti shartiga ko‘ra turli guruhlarga tegishli tovarlar tortilish yoki o‘lchanish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Masalan, oltinning kumushga sotilishida. Agar foyda olish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bitimning kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- 3. Agar almashtirish o‘lchash va tortish mumkin bo‘lmagan, lekin bir va mazkur jinsga tegishli teng qiymatli narsalarda amalga oshirilsa, masalan, hayvonni hayvonga sotishda yuzaga kelsa. Bunday hollarda ham foyda olish ko‘zlanmagan bo‘lsa ham bitimni kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Daromad olish faqat “qo‘ldan qo‘lga o‘tish” bitimlarida joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |