Ikkita mantiqiy literal (o’zgarmas) mavjud - true (rost) va false (yolg’on): Console.WriteLine(true); Console.WriteLine(false); Literallar Butun literallar Butun literallar 1, 2, 3, 4, -7, -109 kabi musbat va manfiy sonlarni ifodalaydi. Butun literallar o'nlik, o'n oltilik va ikkilik ko'rinishda ifodalanishi mumkin. O'nli literallar tushunarli, ya’ni ular kundalik hayotda ishlatiladi: Console.WriteLine(-11); Console.WriteLine(5); Console.WriteLine(505); Literallar Ikkilik ko’rinishdagi literallardan oldin 0b, so'ngra nol va birlardan iborat bo’lgan ketma-ketlik keladi: Console.WriteLine(0b11); // 3 Console.WriteLine(0b1011); // 11 Console.WriteLine(0b100001); // 33 Sonlarni o'n oltilik shaklda yozish uchun 0x belgilar, keyin 0 dan 9 gacha va A dan F gacha bo'lgan belgilar to'plami ishlatiladi, ular aslida raqamni ifodalaydi: Console.WriteLine(0x0A); // 10 Console.WriteLine(0xFF); // 255 Console.WriteLine(0xA1); // 161 Literallar Haqiqiy literallar Haqiqiy literallar haqiqiy sonlarni ifodalaydi. Literalning bu turi ikkita shaklga ega. Birinchi shakl - bu fiksirlangan nuqtali sonli haqiqiy sonlar, bunda kasr qismi butun sondan nuqta bilan ajratiladi. Masalan: 3.14, 100.001, -0.38 Shuningdek, haqiqiy literallar MEp eksponensial shaklida aniqlash mumkin, bu erda M - mantissa, E - eksponenta, ya’ni "*10^" (o'nning darajasiga ko'paytirish), p - tartib. Masalan: Console.WriteLine(3.2e3); // bu 3.2 * 103 = 3200 ga teng Console.WriteLine(1.2E-1); // 1.2 * 10-1 = 0.12 ga teng Literallar Belgili (simvolli) literallar Belgili literallar bitta belgini ifodalaydi. Belgilar opostrafga olinadi. Belgili literallarning bir necha turlari mavjud. Birinchidan, bu oddiy belgilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |