Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti Adambaev Uchqunbek Erkinovich
Ko'rsatmalar Dasturning bazaviy elementi - bu ko'rsatmalar (statement). Ko'rsatmalar ba'zi harakatlarni ifodalaydi, masalan, arifmetik amal, metod chaqiruvi va o'zgaruvchi e’lon qilish va unga qiymat yuklash. C# da har bir ko'rsatma nuqta-vergul bilan tugaydi(;). Bu belgi kompilyatorga ko'rsatma tugaganligini bildiradi. Masalan: Console.WriteLine("Salom"); Ushbu satr konsolga satrni chop etadigan Console.WriteLine metodini chaqiradi. Bu holda, metod chaqiruvi ko'rsatma bo'lganligi sababli nuqta-vergul bilan tugayapti. Dastur tuzilishi Ko'rsatmalar to'plamini kodlar blokiga birlashtirish mumkin. Kod bloki figurali qavslarga olinadi va ochiluvchi va yopiluvchi figurali qavslar orasiga ko'rsatmalar joylashtiriladi: { Console.WriteLine("Salom"); Console.WriteLine("C#ga xush kelibsiz"); } Ushbu kod blokida konsolga ma'lum bir satrni chop etadigan ikkita ko'rsatma mavjud. Dastur tuzilishi Ba'zi kod bloklari boshqa bloklarni o'z ichiga olishi mumkin: { Console.WriteLine(“Birinchi blok"); { Console.WriteLine(“Ikkinchi blok"); } } Main metodi C# dasturiga kirish nuqtasi Main metodi hisoblanadi. Visual Studio'da konsolli dastur loyihasini yaratganingizda, masalan, quyidagi Main metodi yaratiladi: class Program { static void Main(string[] args) { //bu erda bajariladigan ko'rsatmalar ketadi } } Kelishuv bo‘yicha, Main metodi Program sinfida joylashadi. Sinf nomi har qanday bo'lishi mumkin. Ammo Main metodi - bu konsol ilovasining zarur qismi. Main metodi Agar biz uning nomini o'zgartirsak, dastur kompilyatsiya qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |