Teran mantiqli olim Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonov
Download 5.5 Kb.
|
Matyoqub Qo`shjonovning O\'zbekning o`zligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ГУМАНИТАР ФАНЛАР ФАКУЛЬТЕТИ
- ETIBORINGIZ UCHUN KATTA RAXMAT
Teran mantiqli olim Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonovO`ZBEKNING O`ZLIGIЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИТОШКЕНТ ВИЛОЯТИЧИРЧИҚ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИГУМАНИТАР ФАНЛАР ФАКУЛЬТЕТИ202 гурух талабасиЖафарова МатлубанингАдабиётшунослик фаниданТайёрлаганМУСТАҚИЛ ИШИO‘zbekiston Milliy kutubxonasida “
2018 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mard va jasur akademik” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada olimning adabiyot nazariyasiga oid muammolarni tadqiq etishga, adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari masalasiga bag‘ishlangan ilmiy kitoblari taqdim etilgan.Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo‘shjonov 1918 yil 5 may kuni Turkmanistonda tug‘ilgan. 1946 yil Toshhovuz shahridagi o‘qituvchilar institutini, O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan. U O‘rta Osiyo universiteti (ToshDU)da dotsent, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, direktor, yetakchi ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi bo‘lib ishlagan.Matyoqub Qo‘shjonovning asosiy ilmiy ishlari 20-asr o‘zbek adabiyotining rivojlanish tamoyillari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va yozuvchi mahorati masalalariga bag‘ishlangan. Uning tadqiqotlarida Qodiriy, Qahhor, Oybek, P.Qodirov, O.Yoqubov, A.Oripov va boshqa yozuvchi, shoirlarning mahorati o‘rganilgan va badiiy asarning syujet, kompozitsiya, xarakter va konflikt masalalari tahlil qilingan.Matyoqub Qo‘shjonovning 90-yillarda yozgan «O‘zbekning o‘zligi», «Abdulla Oripov» va boshqa asarlarida mashhur yozuvchilar haqida fikr yuritilgan. Olimning «Tepki bosildi», «Alam», «Dagish», «Armon» kabi badiiy-biografik asarlari ham bor.Matyoqub Qo‘shjonov ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi», besh jildlik «O‘zbek adabiyoti tarixi», ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», ikki jildlik «Ruscha — o‘zbekcha lug‘at», bir jildlik «O‘zbekcha — ruscha lug‘at» va boshqa nashrlarning yaratilishiga bosh-qosh bo‘lgan. Uning rahbarligida 5 ta fan doktori, 15 ta fan nomzodi yetishib chiqqan.Akademik M.Qo‘shjonov Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan. “Mard va jasur akademik” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonovning asarlari bilan yaqindan tanishdilar.Matyoqub Qoʻshjonovning dunyoga kelib orttirgan eng katta boyliklaridan biri – uning shogirdlari, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Olim va adiblar, shoir va munaqqidlar orasida Matyoqub akaning yuzlab shogirdi bor. Umrining soʻnggi yillarida domla “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu adolatli mukofot edi. Negaki, domla adabiyotimiz uchun, maʼnaviyatimiz, umuman, xalqimiz uchun chindan ham buyuk xizmatlar qildi!ETIBORINGIZ UCHUN KATTA RAXMATDownload 5.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling