Ekologiyaning hayotimizdagi o’rni va ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan g’oyalar


Download 21 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi21 Kb.
#1592942
Bog'liq
Bekzod Nafosat maqola


EKOLOGIYANING HAYOTIMIZDAGI O’RNI VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN G’OYALAR

Bekzod BAFOYEV


Buxoro davlat universiteti talabasi
Nafosat TOTLIYEVA
Buxoro davlat universiteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqola insonlarning ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatishi natijasida kelib chiqadigan global muammolar hamda ularning yechimlariga oid g’oyalar haqida.




Abstract: This article is about the global problems caused by the negative impact of humans on the environment and ideas about their solutions.


Аннотация: Данная статья посвящена глобальным проблемам, вызванным негативным воздействием человека на окружающую среду, и представлениям об их решении.


Kalit so’zlar: ekologiya, yashil tabiat, ekologik ehtiyoj, global davr, ozon qatlami, Vena konvensiyasi, yurisdiksiya, protsedura.


Key words: ecology, green nature, ecological need, global period, ozone layer, Vienna Convention, jurisdiction, procedure.


Ключевые слова: экология, зеленая природа, экологическая потребность, глобальный период, озоновый слой, Венская конвенция, юрисдикция, процедура.

“Tabiatning barcha intilishlari va harakatlari inson tomonidan yakunlanadi; ular unga intiladilar, ummonga tushgandek tushadilar”.


A.I.Gertsen
Men kimman? Nega yashayapman? O’zim yashayotgan hududga biror foydam tegdimi, degan savolni har bir inson o’ziga berish kerak aslida. Insonlarga ma’naviyat va ma’rifat urug‘ini tarqatuvchi Islom dinimizda ham hayvonot olami va bizning sog‘-salomat turmush kechirishimizga xizmat qilayotgan muhitni, havo, yer va suvni iflos qilmaslik haqida pand-u nasihat va o‘gitlar bisyor. Ulug‘larimiz ham “Atrof-muhitga mehrli, shafqatli munosabatda bo‘linglar, suvga, o‘zanlarga, serqatnov yo‘llarga, soya-salqin joylarga chiqindi tashlab, la’natga qolishdan qo‘rqinglar”, — deya ogohlantirgan. Qadimda ota-bobolarimiz farzand ko‘rishlari munosabati bilan daraxt nihollari ekishgan. Momolarimiz oilada qiz bola tug‘ilsa, unib-o‘ssin, bir etak farzandlarni yetaklab yursin deya yaxshi niyat bilan mevali daraxtlar ekishgan. Agar o‘g‘il bola tug‘ilsa, voyaga yetgach unga uy-joy qurish uchun kerak bo‘ladigan tol va teraklar ekishgan. Bu yaxshi udum albatta, yashillik olamini ko‘paytirishga xizmat qilgan. Bir yo‘lovchi keta turib, nuroniy cholning mevali daraxtlar ekayotganini ko‘rib, debdi:
— Siz ekayotgan bu nihollar qachon voyaga yetadi-yu, qachon meva beradi, sizga nasib qiladimi, yo‘qmi?
— Menga savobi tegsa, bo‘ldi. Kelajakda ularning mevasini farzandlarimiz yeydi, degan ekan u.
Ming afsuski, bugungi kunda ba’zi yoshlarda yetarli ekologik madaniyatning shakllanmagani, ularga ota-onalari tomonidan tabiat muhofazasi yoki ekologik madaniyat to‘g‘risida yetarli tushuncha berilmagani sababli ona tabiatga, yashillik olamiga nisbatan hurmatsizlik, toptash, ezg‘ilash, sindirish yoki ataylab zarar yetkazish holatlari uchraydi.
Ekologiya hozirgi kunda eng katta fojialarimizdan biriga aylanib bormoqda. Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi. Bu davlat byudjeti uchun mo'maygina daromadmi yoki yashil tabiatni asrab-avaylashga boʻlgan yana bir qadam? Ekologik muammolar haqida so’z ketganda beixtiyor ko’z oldimizda qurib borayotgan Orol dengizi paydo bo’ladi. Atrof-muhitga bunday masʼuliyatsiz munosabat ona tabiat tomonidan juda katta kuch va gʻazab bilan javob qaytarilishi mumkinligini boshdan kechirdik. Bugungi kunda ekvator chizigʻiga yaqin joylashgan davlatlar hududiga qurgʻoqchilik katta xavf solayotgan, qirgʻoqlarini okean suvlari yuvib turgan davlatlar esa toshqinlar va toʻfonlar natijasida zarar koʻrayotganini kuzatyapmiz. Umuman olganda butun ekotizim koʻz oldimizda qulamoqda, yiliga daraxtlarning ayovsiz kesilishi oqibatida oʻn million gektargacha oʻrmon yoʻq boʻlib bormoqda. Maʼlumotlarga koʻra, jahonda har yili havo va suv ifloslanishidan toʻqqiz milliongacha odam vafot etadi, bu koronavirus pandemiyasining hozirgi zararlaridan olti baravar koʻpdir.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi xalqaro kelishuvlar O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokolida ko‘rsatib o‘tilgan ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi majburiyatlarini bajarish to‘g‘risida alohida to’xtalib o’tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasining tarafi hisoblanadi. Vena Konvensiyasini imzolash orqali O‘zbekiston Respublikasi quyidagi majburiyatlarni qabul qildi:

– ozon qatlamining holatini tizimli muntazam kuzatish va boshqa tegishli parametrlar;


– ozon qatlamining holatini o‘zgartirish yoki o‘zgartirish imkoniyatini yaratib, ushbu faoliyat salbiy ta’sirga ega ekanligi aniqlansa, o‘z yurisdiksiyasiga kiradigan inson faoliyatini nazorat qilish, cheklash, kamaytirish yoki oldini olish uchun tegishli qonuniy yoki ma’muriy choralar ko‘rish;


– Ushbu Konvensiya protokol va ilovalarni amalga oshirish uchun kelishilgan chora tadbirlar, protseduralar va standartlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish;


– Ushbu Konvensiya va protokollarni samarali bajarish maqsadida vakolatli xalqaro organlar bilan hamkorlik qilish.


“Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasi ko‘p tomonlama ekologik kelishuvdir. 1985-yilda Vena konferensiyasida kelishib olindi va 1988-yildan kuchga kirdi, bu ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha xalqaro harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qonun va hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar orqali jazo turlarining ortgani bu avvalo, jinoyat sodir etish darajasini kamayishiga olib kelishi shubhasiz. Negaki, baʼzi jinoyatlar aynan jazo turining mukammal boʻlmaganligi, yengilligi va boshqa koʻrinishlari sabab tez va qayta sodir boʻlaveradi. Bunday vaziyat qasddan ushbu ishga qoʻl uruvchilarning jazodan koʻra, qilgan jinoyatlaridan koʻproq manfaatdorlik topishlari ortidan boʻlishi mumkin.
Bugungi global davrda insoniyatni ekologik muammolar ham chetlab oʻtganicha yoʻq. Yashil tabiatni asrab qolish uchun avvalo, uni qonunan qat’iy himoya qilinishi, qonunbuzarliklarning oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
Aks holda har qanday koʻkalamzorlashtirish, oʻrmonzorlashtirish ishlari va yashil tabiat kabi loyihalarning amalga oshirilishi yetarli darajada foyda bermaydi. Shuningdek, ushbu qonun buzilishlarining oldini olish uchun aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini ko’proq amalga oshirish kerak. Jumladan, hafta davomida mahallalarda eng tashabbuskor “ekologiya himoyachilari”, “tabiatni asraylik” “atrof-muhitga befarq bo’lmang” kabi loyihalarni amalga oshirib, eng ilg’or oilalarni pul mukofotlari bilan taqdirlash. Ushbu loyihalar ona tabiatni asrashga, butun oilamizni zararli va kimyoviy moddalardan himoya qilishga yordam beradi. Negaki, baʼzi hollarda aholi turmush tarzi uchun zarur boʻlgan oʻsimliklarni qasddan emas, aksincha hayotiy ehtiyoj natijasida zarar yetkazishga majbur boʻlib qolishi mumkin. Ushbu vaziyatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan qonunbuzarlikni oldini olish choralari koʻrilishi lozim. Yaʼni, daraxtlarni kesish, yashil tabiatga zarar yetkazish sabablari puxta oʻrganilib chiqilishi zarur. Kuz-qish mavsumida oʻrmon, saksovulzor hamda boshqa hududlarda yashil tabiatga tajovuz kuchayadi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatamizki, qonunbuzarlarning masʼul xodimlardan yuk mashinalarida qochishlari yoki ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish holatlari mavjud.
Hayotiy majburiyat yuzasidan jinoyatga olib keluvchi sabablarning oldi olinmas ekan, qonunlarning takror buzilish holatlari koʻpayib, birinchidan, korrupsiyaga, ikkinchidan, majburiy qonunbuzarlikka olib keladi. Umuman olganda har birimizda ekologik madaniyat boʻlmas ekan, mavjud resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmasi shakllanmas ekan ekologik xavf-xatarlar biz bilan yonma-yon boʻlaveradi.
Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz kerakki, ekologiyaning ifloslanishida har birimizning hissamiz kattagina. Chiqayotgan qarorlar ham ta‘sir qilmay bormoqda. Qayerga qarasang chiqindi. Oxiri odamlarning o'zlari ham chiqindiga aylanib ketishmasa bo‘lgani.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.www.uzjoku.uz;
2.nargis.uz;
3.Xalq so’zi” gazetasining rasmiy kanali;
4. “Hurriyat” gazetasining rasmiy kanali;
5. “Ekologiya xabarnomasi” jurnali;
6. Kun.uz;
7. uznature.uz;
8. “Ekologiya va tabatni muhofaza qilish” - D.Yo.Yormatova.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling