Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Kechishi: o‘tkir, cho‘zilgan, qaytalanuvchi. Davosi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi
Kechishi: o‘tkir, cho‘zilgan, qaytalanuvchi.
Davosi: krupoz zotiljam bilan og‘rigan bemorlar kasalxonaga joylashtiriladi. Yotoq rejim tavsiya etiladi. Davo infeksiyaga qarshi kura shishga qaratilgan bo‘ladi. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, intok- sikatsiyaga qarshi vositalar, yurak preparatlari va balg‘am ko‘chiruvchi vositalar qo‘llaniladi. Protsess hadeganda so‘rilaver maydigan bo‘lsa, fizioterapiya qo‘llaniladi: UVCh toklari, diater miya, antibiotiklar bilan ingalatsiyalar qilinadi. Ingalatsiya dori moddalarni nafas olish yo‘li bilan organizmga yuborish usulidir. Ingalatsiyalar uchun aerozollar ko‘rinishida tayyor langan dori preparatlari ishlatiladi. Ingalatsiyalar uchun maxsus ingalatsiya apparatlari ingalatorlardan foydalaniladi. Ingalatsiyalarning beshta asosiy turi tafovut qilinadi: bug‘ ingalatsiyalari, issiq-nam inga latsiyalari, nam ingalatsiyalari, moy ingalatsiyalari, poroshok inga latsiyalari. Davoning qanday natija berayotganligini batamom tuzalib ketguncha rentgenologik yo‘l bilan nazorat qilib boriladi. Profilaktikasi: Organizmni chiniqtirish (fizkultura va sport bilan shug‘ullanish), o‘z vaqtida to‘g‘ri va yetarli ovqatlanishni rejalashtirish kerak, sovqotishga yo‘l qo‘ymaslik, sanitariya-gigiyena (to‘g‘ri mehnat rejimi, havoni chang-gazlar, kimyoviy bug‘lar bilan iflos lanishdan saqlash) qoidalariga amal qilish, infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish, bemorga yuqori va past haroratli havo, yelvizak ta’sir qilishining oldini olish kerak. Nafas yo‘llari ning har xil yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida davolash; o‘tkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi omillardan: tamaki che kish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi kurashish kasallikning kamayishiga imkon beradi. Asoratlarning oldini olish maqsadida bemorlar to tuzalib ketguncha rentgenologik nazorat qilib turish. hamshiralik parvarishi: Krupoz zotiljam bilan og‘rigan bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilish sog‘ayib ketishiga va kasallik asoratlarining oldini olishiga yordam beradi. Bemorlar o‘rnidan turmay yotishi tavsiya etiladi. Bemor yotadigan xona yaxshi shamollab turadigan va shu bilan birga yetarlicha issiq bo‘lishi kerak. Kasallik og‘ir kechganida va asoratlar ro‘y berganida individual post tashkil qilinadi. Kasal uchun gavdasini ko‘taribroq yotish qulaydir. Ovqat yuqori kaloriyali, oson singadigan, suyuq va vitaminlariga boy bo‘lishi kerak. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining oldini olish uchun, og‘iz bo‘shlig‘ini 2% li natriy gidrokarbonat eritmasi yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan artib turiladi. Kasallikning o‘tkir davrida fiziologik hojatlarni krovatda chiqarib turiladi. Ichak ishiga qarab borish zarur, qabziyat bo‘lgan mahallarda ichni tozalaydigan huqnalar qilinadi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling