Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet39/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Klinikasi va kechishi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi rivojlanish mexanizmi bir xil.
Kasallik turlari: Klinik-morfologik belgilariga qarab: me’da yara kasalligi va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Yaraning joylashishiga qarab: me’daga kirish qismida, chiqish qismida, kichik egrilik sohasida, o‘n ikki barmoq ichak piyozchasida va h.k. Kasallikning kechishiga qarab: qaytalanishi, pasayib qaytalanishi, pasayishi. Kasallikning og‘ir-yengilligiga qarab: yengil kechadigan, surunkali (o‘zgarmaydigan), kuchayib boradigan. Asoratlariga qarab: asoratli, asoratsiz.
asoratlari: me’dadan qon ketishi, penetratsiya, me’da perforat-
siyasi, o‘smaga aylanish, me’da va o‘n ikki barmoq ichak stenozi.
Bemorlarning asosiy shikoyatlari: epigastral sohada og‘riq, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish , kekirish, qabziyat.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi klinikasida birmuncha farq bor. Me’da yarasida og‘riq epigastral sohada ovqatlanishdan keyin qisqa muddatda (20–30 daqiqada) paydo bo‘ladi. Ovqatlanishdan 1,5–3 soat o‘tgach paydo bo‘ladigan og‘riqlar on ikki barmoq ichak yara kasalligiga xos bo‘lib, ovqatlanish og‘riqni pasayishiga olib keladi. Og‘riqni paydo bo‘lishi mavsumiy bo‘lib, ko‘proq bahor va kuz oylarida kuzatiladi. Bu oylarda kasallik ko‘proq qaytalanadi. Ba’zi bemorlarda og‘riq bo‘lmaydi. Bu yashirin kechuvchi yara kasalligi bo‘lib, asoratlar bilan ifodalanadi.
Yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ishtaha yo‘qolmaydi, ammo bemorlar ovqat yemaslikka harakat qiladilar, chunki ovqat yeyish og‘riqni zo‘raytiradi.
Obyektiv tekshiruvda bemorning ozg‘inligi, asabiylashganligi, ko‘p terlashga moyilligi, ifodalangan qizil yoki oq dermografizm aniqlanadi. Til ko‘zdan kechirilganda uni karash qoplaganligi, yorilishlar, eroziyalarni aniqlash mumkin. Palpatsiya qilib ko‘rilganda qorin muskullarining tarang tortilib turganligi, to‘sh osti sohasi va o‘ng qovurg‘a ostida og‘riqlar borligi aniqlanadi.
Rentgen nuri bilan tekshirilganda yara kasalligining asosiy simptomi «tokcha» belgisi bemorlarning 3/4 qismida aniqlanadi.
Gastrofibroduodenoskopiya yaraning joylashishini, o‘lchamini, holatini aniqlaydi va u yordamida biopsiya qilish mumkin. Laboratoriya tekshiruvlaridan najasni yashirin qonga tekshirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda diagnostika maqsadida laparoskopiya – qorin bo‘shlig‘i a’zolarini laparoskop bilan ko‘rish keng qo‘llanilmoqda.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling