Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet38/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

hamshiralik parvarishi. Surunkali gastritda bemorni parvarish qilish hamshiradan shifobaxsh ovqatlar asoslarini bilishni talab etadi. Bemorga ovqatni qat’iy belgilangan soatlarda yeyish haqida tushuntirish, spirtli ichimliklar ichishni, chekishni qat’iyan taqiqlash zarur. Hamshira bemorning me’dasini me’da zondi yordamida yuvishni bajara olishi kerak va uy sharoitida me’dani zondsiz yuvish qoidalarini bemorga tushuntirishi kerak.
Bemorga qusayotganda yordam ko‘rsatish va keyingi parvarishni olib borishni hamshira bajara olishi lozim. Yotoq rejimidagi bemorlarning oqliklarini, kiyimlarini o‘z vaqtida almashtirish, tagiga sudno qo‘yish kerak. Har gal defekatsiyadan keyin orqa chiqaruv sohasidagi teri iliq suv bilan yuviladi, so‘ngra doka tampon bilan quritiladi.
Profilaktikasi. Surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlar shifokor kuzatuvi ostida davolanishi va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirib borishi kerak. Surunkali gastritni oldini olish uchun qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ham o‘tkir, ham surunkali yallig‘lanish kasalliklari: kolit, xoletsistit, pankreatit, appenditsitga qunt bilan o‘z vaqtida davo qilish zarur.
Oziq-ovqat mahsulotlariga yaxshi pazandalik ishlovi berishga, ayniqsa, yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash jarayoni ustidan sanitariya nazorati olib borish muhim ahamiyatga ega. Alkogol va chekishni suiiste’mol qilishga qarshi kurashish zarur.
Tishlarni o‘z vaqtida davolash va kerak bo‘lsa, sun’iy tish qo‘ydirish me’da kasalliklari, shu jumladan, gastrit profilaktikasi hisoblanadi.
2.4.2. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi – siklik kechadigan surunkali kasallik bo‘lib, me’da va o‘n ikki barmoq ichakda yara paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bu kasallik har xil yoshda, ayniqsa, 30–40 yoshda ko‘p uchraydi.
etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqish sabablari ko‘p bo‘lganligi uchun bu kasallik polietiologik hisoblanadi. Bu sabablar 2 ta katta:
asosiy va yordamchi guruhga bo‘linadi.
Asosiy sabablarga doir bir necha nazariyalar mavjud:

  • Mexanik nazariya: qattiq, dag‘al, achchiq, sho‘r, yomon chaynalgan ovqatning me’da shilliq qavatiga mexanik ta’siri nati jasida yara paydo bo‘ladi.

  • Nevrogen nazariya: ruhan charchash, o‘tkir va surunkali ruhiy kechinmalar, barotravma, bosh miyaning jarohatlanishi tufayli me’da va o‘n ikki barmoq ichak faoliyatining buzilishi natijasida yara paydo bo‘ladi.

  • Peptik nazariya: bunga, asosan, me’da shirasida xlorid kislota va pepsin ko‘payadi, shu bilan bir qatorda, me’da shirasidagi shilliqning himoya qilish xususiyati kamayib, o‘z-o‘zini hazm qilish kuzatiladi.

  • Infeksion nazariya: 1988-yilda aniqlangan spiralsimon bakteriya Helikobakter pilyorining me’dada yara hosil bo‘lishida ishtirok etishi ilmiy tekshiruvlarda isbotlandi.

Yordamchi sabablar: odamning tuzilish va irsiy xususiyatlari, me’dada yordamchi shilliq bezlarining ko‘payishi, qon guruhi (I) guruh. Tashqi sharoit ta’siri (namlik, havo bosimi, harorat). Tamaki chekish va ichkilik ichish. Qo‘shimcha kasalliklar (ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, jigar sirrozi, pankreatit, surunkali gastrit va h.k.). Ba’zi dori vositalarining nojo‘ya ta’siri (salisilatlar, gormonlar).

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling