Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet41/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Parvarishi. Kasallik xuruji davrida bemorga yotoq rejimi buyuriladi. Birinchi haftada 1a, ikkinchi haftada 1b, uchinchi haftadan boshlab 1-parhez stolibelgilanadi. Ovqatlanish kuniga 5–6 marta. Xuruj davrida ovqat sut, tuxum, yormalardan tayyorlangan sho‘rvadan iborat va tuz miqdori chegaralanadi.
Keyin asta-sekin go‘shtdan, baliqdan bug‘da tayyorlangan ovqatlar, qotgan nonni parhezga kiritish mumkin. Ovqat vitaminlarga, mikroelementlarga boy bo‘lishi kerak. Ratsiondan qovurilgan ovqatlar, xom sabzavotlar, gazlangan ichimliklar, alkogol, kofeinni chiqarib tashlash kerak. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida bemor ahvoli yaxshilangandan keyin ham parhez qilib yurishi kerak.
Turli-tuman ovqatlar yeyishga davolovchi shifokor ruxsatidan keyingina o‘tish mumkin. Bemor gigiyenik tavsiyalarni ham bajarishi kerak: yaxshi chaynab yeyish, sutkasiga kamida 8–9 soat uxlash, tishlar ahvolini kuzatib borish, zarur bo‘lganda protez tishlar qo‘ydirishi kerak. Ratsional kun tartibiga rioya qilish lozim: har kuni sof havoda sayr qilish, jismoniy mashqlar kompleksini bajarishi kerak. Hamshira parhez buzilishini oldini olishi kerak. Yara kasalligida davo qilishning muhim shartlariga to‘g‘ri parhez rejimini tayinlash, bemorni ishtahasi yaxshi bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va og‘iz bo‘shlig‘ini qunt bilan parvarish qilish kiradi. Hamshira bemor har gal ovqatdan so‘ng og‘zini chayishini kuzatib borishi lozim. Buni u mustaqil bajara olmasa, hamshira og‘iz bo‘shlig‘ini birorta dezinfeksiya qiladigan eritma bilan artib qo‘yadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini balloncha bilan yuvsa ham bo‘ladi. Yuqori jag‘ tishlarini artishda quloq oldi bezining chiqaruv yo‘liga infeksiya tushirmaslik uchun lunjini shpatel bilan tortib turish kerak. Hamshira bemor «kofe quyqasi» rangida qayt qilganda va «qatronsimon» axlat paydo bo‘lganda (qon ketish belgilari) bu haqda shifokorga xabar qilishi lozim. Shifokor kelguncha hamshira bemorni tinchlantirib, yotqizib qo‘yadi. Bemorga ovqat, suv, dori qabul qilishni taqiqlab qo‘yadi, faqat 5% li aminokapron kislota eritmasi 1 choy qoshiqdan berib turiladi. Epigastral sohaga muzli xaltacha qo‘yiladi. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha gemostatik dori vositalari tayyorlanib, venaga yuboriladi. Har 15 minutda bemorning ahvoli, arterial bosimi, pulsi, terisining rangi kuzatilib turiladi. Bemorning qusuq massalari, axlatini rangi ham kuzatiladi.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling