Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet52/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Klinik manzarasi. Surunkali xoletsistitning klinik manzarasi kasallikning vaqti-vaqtida qo‘zib turib, uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi. Asosiy belgisi o‘ng qovurg‘alar ostida, ba’zan to‘sh osti sohasida og‘riqlar bo‘lib turishidir.
Og‘riqlar o‘ng kurak, o‘mrov, yelkaga o‘tib turadi (irradiatsiya). Kishi jismonan zo‘riqqanida, sovqotganida, asabiy-ruhiy kechinmalarni boshdan kechirganida og‘riqlar, odatda zo‘rayadi. Og‘riqlar yog‘li va o‘tkir ovqatdan keyin tutib qoladi yoki zo‘rayadi. Og‘riq tutib turgan vaqtda goho isitma chiqadi, odam ko‘ngli aynab, qusadi, kekirik keladi, ich suradi.
Teri sezuvchanligi susayib qolgan zonalar – o‘ng qovurg‘alar ostida, o‘ng kurak tagida Zaxarin-Ged gipesteziya zonalari bo‘lishi surunkali xoletsistit uchun xarakterlidir. Ker simptomi (o‘t pufagi sohasi palpatsiya qilib ko‘rilganda, ayniqsa nafas olish paytida, bezillab turishi), Ortner simptomi (qo‘l kaftining qirrasi bilan o‘ng qovurg‘alar ravog‘iga urib ko‘rilganida og‘riq turishi), Myussi simptomi (to‘sho‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskul oyoqchalari orasida diafragma nerviga bosib ko‘rilganda o‘ng qovurg‘alar ostining og‘rishi) surunkali xoletsistit uchun tipikdir.
Qonda chapga surilgan o‘rtacha yoki yuqori leykotsitoz topiladi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi oshib ketgan bo‘ladi. Protsess bosilib turgan davrda o‘n ikki barmoq ichakka zond solib ko‘riladigan bo‘lsa, ko‘pincha B porsiya o‘tni olib bo‘lmaydi, basharti olib bo‘lsa ham bu o‘t tarkibida xolesterin kamayib ketgan, bir talay leykotsitlar, shilimshiq, epiteliy hujayralari aralashgan loyqa oqish suyuqlikdan iborat. Ekib undirib ko‘rilganida tegishli flora topiladi.
Tashxisi. Surunkali xoletsistit diagnozi xarakterli klinik belgilariga, o‘n ikki barmoq ichakka zond solib olingan B o‘t porsiyasini laboratoriyada tekshirish natijalariga asoslanadi. Xoletsistografiya o‘t pufagining shakli, katta-kichikligi va vaziyatini aniqlashga, kalkulyoz xoletsistit bilan toshsiz xoletsistit o‘rtasida differensial diagnoz o‘tkazishga imkon beradi.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling