Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet36/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Profilaktikasi. To‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish qoidalariga puxta amal qilish: chekish, ichkilikka va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashish. Xronik infeksiya o‘choqlarini, hazm organlarining boshqa kasalliklarini o‘z vaqtida davolash, kasb-korga talluqli omillarga qarshi kurashish.
hamshiralik parvarishi. Hamshira belgilangan parhez bo‘yicha 5–6 marta ovqatlanishni tashkil qiladi. Bemorlarni ovqatlanish rejimiga rioya qilishini kuzatadi. Bemor bilan parhezni ahamiyati haqida tushuntirish olib borishi lozim. Bemor qarindoshlari bilan ham parhezda belgilangan ovqat mahsulotlarini olib kelishi kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Hamshira tomonidan fiziologik ajratishlarni kuzatish ham muhim ahamiyatga ega. Bemorga shifokor ko‘rsatmasiga binoan og‘riq qoldiruvchi, intoksikatsiyani kamaytiruvchi suyuqliklar quyishni bajaradi. Bemor qayt qilganda, ichaklar faoliyati buzilganda yuqorida ko‘rsatilgan muolajalarni bajaradi.
Surunkali gastrit ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari orasida eng ko‘p uchraydigan kasallik bo‘lib , me’da shilliq qavatining vaqti-vaqti bilan yallig‘lanib turishidir.
etiologiyasi. Surunkali gastrit polietiologik, ya’ni sababi ko‘p kasallikdir. Etiologik omillar ekzogen va endogen sabablarga bo‘linadi. Ekzogen sabablarga o‘tkir va dag‘al ovqatlar yeyish, ichkilikni suiiste’mol qilish, chekish, asabiy zo‘riqish, dori moddalarni uzoq vaqt iste’mol qilish, mikroblar (pilori bakteriyasi) va boshqalar kiradi. Endogen sabablarga: endokrin bezlari kasalliklari (buqoq, qandli diabet, Addison kasalligi, gipotireoz); surunkali yallig‘lanishlar (og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va nafas olish a’zolarining yallig‘lanishi, xoletsistit, gepatit, enterokolit va h.k.); allergiya natijasida; modda almashinuvining buzilishi (o‘ta semizlik, podagra, temir yetishmovchiligi); to‘qimani gipoksiyaga olib keluvchi kasalliklar (yurak-tomirlar yetishmovchiligi, jigar va buyrak yetishmovchiligi) kiradi. O‘tkir gastrit o‘z vaqtida davolanmasa, surunkali gastrit rivojlanishi mumkin.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling