Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 213.43 Kb.
bet88/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

10. Surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Surunkali kasalliklar – bu o‘tkir kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlay olmaslik, kasallik aniqlansa-yu, lekin noto‘g‘ri davolanish, tibbiyot xodimlarini aytganlarini bekam-u ko‘st bajarmaslik hamda o‘ziga e’tiborsizliklar oqibatida kelib chiqadi.
Surunkali kasallik tashxisi qo‘yilganidan keyin, inson taqdirga tan berib, shu kasallikni tan olib, kasallik bilan birga hayot kechira boshlanadi. Bemorda biror bir simptom yuzaga chiqqach tashxis qo‘yish va davolash maqsadida, bemor bir qancha tekshiruvlardan o‘tadi. Bemorlar kasallik simptomlarini hamshira yordamida nazorat qilishni o‘rganadi, natijada kasallikning turg‘un davrida o‘zini jamoaning sog‘lom a’zosidek tutib yashaydi yoki uy sharoitida parvarish qilinadi. Kasallik qo‘ziganida kasalxonada davolaniladi. Surunkali kasalliklari bor bemorlarda kasallik boshlanganidan bir necha yil yoki o‘nlab yil o‘tgach asoratlar yuzaga chiqadi, ular terminal davrgacha bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, surunkali kasalliklari bor bemorlarda hamshiralik parvarishi kasallik kechishiga qarab 4 ta davrga bo‘linadi: kasallikning rivojlanish davri; turg‘un kechish davri; qo‘zish davri; avj olish davri.
Kasallikning rivojlanish davrida simptomlar va belgilar muho kama qilinadi, tahlillar, diagnostikalar o‘tkaziladi, kasallik nomi aytiladi va maxsus davo boshlanadi. Kasallikning rivojlanish davrida ham shira parvarishi kasallikni qabul qilishga va o‘zini o‘zi boshqarishga yo‘nalti rilgan bo‘ladi.
Masalan: kasallikni tan olishi va davolanishda yordamlashish; kundalik hayotini boshqarish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordamlashish; krizis vaqtida psixologik turg‘unlikka erishish ga yordamlashish; kasallikni boshqarish uchun kerakli sanitaroqartuv ishlari; sotsial muammolar (vazifasini o‘zgarishi, professional rejada qo‘llash, oldingi ishini davom ettira olmaslik, imkoniyatlari cheklanishi)ni hal qilishda yordamlashish. Imkoniyatlaridan kelib chiqib ishlashga o‘rganish.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling