Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
Klinik manzarasi. Kasallik odam angina, gripp bilan og‘rib o‘tganidan, sovuqda qolganidan 10–15 kun o‘tganidan keyin boshlanadi. Avvaliga bitta-ikkita bo‘g‘imda og‘riq paydo bo‘lib, bo‘g‘im shishib chiqadi, qizarib turadi, mahalliy temperaturasi ko‘tariladi. Davo qilinmasa, bu o‘zgarishlar 1–2 oy davomida saqlanib boradi. Yallig‘lanish protsessi asta-sekin bosiladi, biroq, kasallik yangidan qo‘ziganida protsessga boshqa bo‘g‘imlar ham qo‘shilib, avval zararlanganlaridagi o‘zgarishlar chuqurlashib boradi. Kasallik zo‘rayib borar ekan, bo‘g‘imlar funksiyasi keskin buziladi, og‘ir hollarda esa bemor qimirlay olmay qoladi. Avvaliga sinovial parda zararlanadi, asta-sekin kapsulasi bujmayadi, tog‘ay va suyak to‘qimasi yupqa tortib boradi. Protsess bo‘g‘im harakatchanligining keskin cheklanib qolishiga olib keladi (kontrakturalar). Bir qancha hollarda suyaklarning bo‘g‘im ichidagi uchlari bir-biri bilan yopishib, bitib qoladi, ankilozlar deb shuni aytiladi.
Kasallik zo‘rayib borganida umumiy ahvol og‘irlashib, ertalablari odam o‘zini og‘ir, tang sezadi, muskullar gipotrofiyalanib boradi. Badan terisi, suyaklarda trofik o‘zgarishlar boshlanadi, odam ko‘p terlaydigan bo‘lib qoladi. Kasallik ba’zan isitma chiqishi, ishtaha pasayishi bilan birga davom etib boradi. Kasallikning boshlanishi o‘tkir, yarim o‘tkir va birlamchi surunkali tarzda bo‘lishi mumkin. Kasallik o‘tkir tarzda boshlanganida revmatizmdagiga o‘xshab ketadigan simptomatika kuzatiladi: dard birdan shiddat bilan boshlanib, bo‘g‘imlar anchagina shishib qoladi, juda bezillab turadi va harakatlari ancha cheklangan bo‘ladi. Kasallik tana temperaturasi ko‘tarilishi, qonda o‘zgarishlar yuzaga kelishi (leykotsitoz, EChT kuchayishi) bilan birga davom etadi. Yarim o‘tkir holda o‘tganida klinik belgilari kamroq ifodalangan bo‘ladi. Kasallik notayin tarzda, zimdan o‘tib borishi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlar bir oz shishib turadi, harakatchanligi bir qadar cheklanib qolgani holda anchagina og‘rib yuradi, qonda uncha keskin ifodalanmagan o‘zgarishlar bo‘ladi. Kasallikning surunkali formasida bemorlar obhavo o‘zgargan mahallarda zo‘rayib turadigan bo‘g‘im og‘riqlaridan noliydi, ularda yallig‘lanish alomatlari bo‘lmaydi. Revmatoid poliartrit bilan og‘rigan kasallarning qonida gipergamma-globulinemiya borligi, fibrinogen miqdori ko‘payib qolgani topiladi, C-reaktiv oqsilga qo‘yilgan reaksiya musbat bo‘lib chiqadi, EChT zo‘raygan bo‘ladi. Revmatoid artrit uchun diagnostik test Vaaler–Roze reaksiyasidir. Kasallik qo‘zib turgan davrda bu reaksiya revmatoid poliartriti bor bemorlarning 90% ida musbat bo‘lib chiqadi. Rentgenologik tekshirishda osteoporoz borligi, bo‘g‘imlararo tirqish torayib qolgani, tog‘ay va suyaklarning bo‘g‘imdagi yuzalari g‘adir-budir bo‘lib turgani (uzuratsiya) topiladi. o‘tishi. Bo‘g‘imlarning zararlanganini ko‘rsatadigan belgilarga ancha barvaqt va ko‘pincha ichki organlarning zararlanganidan kelib chiqadigan simptomlar kelib qo‘shiladi. Yurakda miokardiodistrofiya borligi ma’lum bo‘ladi, goho endokardit boshlanib, aortal yetishmovchilik paydo bo‘ladi. O‘pka to‘qimasining zararlanishi surunkali zotiljam boshlanishi bilan ma’lum bo‘ladi. Buyraklardagi o‘zgarishlar anchagina protenuriya bilan o‘tayotgan glomerulonefrit yoki amiloidoz ko‘rinishida aniqlanadi. Aksari limfa tugunlari kattalashib ketadi va jigar zararlanadi. Kasallik uzoq davom etib borganida gipoxrom anemiya va leykopeniya boshlanadi. Revmatoid artritning o‘ziga xos bir ko‘rinishi Bexterev kasalligidir. Bunda umurtqa pog‘onasida asta-sekin radikulitga o‘xshab ketadigan og‘riqlar paydo bo‘lib, umurtqa pog‘onasini tobora ko‘proq qimirlatmay qo‘yadi. Umurtqa pog‘onasi bilan bir qatorda, boshqa bo‘g‘imlar ham zararlanadi. Bexterev kasalligida rentgenologik tekshirish o‘tkazib ko‘rilsa, umurtqaaro bo‘g‘imlarning ankilozga uchrab, umurtqa pog‘onasi boylamlarining suyakka aylanib qolganligi topiladi («bambuk tayoq» simptomi). Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling