Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Kasallikning turg‘un kechish davri
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
Kasallikning turg‘un kechish davri. Kasallikning turg‘un kechish davrida simptomlar davolash yo‘li bilan boshqariladi.
Kasallikning turg‘un kechish davrida hamshira parvarishi hayot tarzini yaxshilashga, bir maromda ushlashga va o‘zini o‘zi boshqarishga yo‘naltirilgan. Simptomlar va hayot tarzi nazoratini boshqarish; hayot tarzini boshqarish yashash tarzini bir maromda ushlab turish va yaxshilashga yo‘naltirilgan; Sog‘lig‘ini nazorat qilishini davom ettirishni qo‘llab turish; Regular tekshiruvlardan o‘tishiga yordamlashish. Kasallikning qo‘zish davrida nazorat qilish qiyinlashadi, chunki asosiy kasallikning yomonlashuvi, asoratlar paydo bo‘lishi yoki sog‘ligiga parvarishning yetishmasligi sabab bo‘ladi. Kasallikning qo‘zish davrida hamshira parvarishi bemorni sog‘lomlashtirishga va turg‘un kechish davriga o‘tishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bemor holatiga qarab kasalxona sharoitida maxsus parvarish o‘tqaziladi; Ahvoli yomonlashuvining sababi aniqlanganda oldini olish yo‘llari o‘rgatiladi; Bemorlarga o‘zgarishlarni erta belgilaridan aniqlashni o‘rgatish. Kasallikning avj olish davri qaytmas xarakterga ega bo‘lib, o‘zgarishlar va simptomlar katta hajmli bo‘ladi. Kasallikning avj olish davrida hamshiralik parvarishi turg‘un holatni ushlab turishga, hayot tarzini uzoq davom ettirishga, bemorga qulaylik yaratishga va hayot tarzini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Tekshiruvlardan o‘tishda va davolanishda yordamlashish. Oqibatini aytishga yordamlashish. Og‘riqli simptomlarni bartaraf etish va yengillashtirishda yordamlashish. Psixologik qo‘llab-quvvatlash. Har tomonlama qulay hayot tarzini yaratishga yordamlashish. Oila a’zolariga parvarish qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish va ularni qo‘llab-quvvatlash. O‘qituvchi surunkali kasalliklardan bir qancha hayotiy misollar keltirib, o‘quvchilargamavzuni tushuntiradi. 11. Biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida hamshiralik parvarishisuyak, mushak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam skeleti katta-kichikligi va shakli har xil bo‘ladigan 200 tadan ortiqroq suyaklardan tarkib topgan. Suyaklarning shakli muskullarning tortishuvchi kuchiga, atrofdagi organlar va to‘qi malarning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Suyaklarning hammasi o‘ziga xos tarzda tuzilgandir, ularning shu tariqa tuzilganligi murakkab funk siya larni ado etishni ta’minlab boradi. Gavda suyaklariga umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar, to‘sh suyagi, o‘mrov, kurak suyaklari va chanoq kiradi. Umurtqa pog‘onasi 33– 34ta umurtqalardan tashkil topgan, bularning ravoqlari ichida orqa miya turadigan kanalni hosil qiladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza bo‘limlariga bo‘linadi. Chanoq suyaklari umurtqa pog‘onasining dumg‘aza bo‘limi bilan birgalikda chanoqni hosil qiladi, gavdaning ustki qismlari va ichki organlar bosimidan tushadigan yukni shu chanoq ko‘taradi. Tayanch-harakat apparatining yumshoq to‘qimalari bo‘g‘im va bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarga bo‘linadi. Bo‘g‘im to‘qimalariga suyak va tog‘ay bilan birgalikda bo‘g‘imni hosil qiladigan to‘qimalar kiradi. Bo‘g‘imning fibroz kapsulasi, sinovial pardasi, bo‘g‘im ichidagi boylamlar shular jumlasidandir. Qolgan yumshoq to‘qimalarning hammasi – muskullar, paylar, boylamlar, fatsiyalar, aponevrozlar badan terisi, teri osti kletchatkasi, tomirlar va nervlar bilan birgalikda tayanch-harakat apparatining yumshoq to‘qimalari qatoriga kiradi. Inson tanasida 230 ta bo‘g‘im bor, bularning shakli bilan tuzilishi funksiyasiga monand. Har bir bo‘g‘im bilan qoplangan epifizlar, bo‘g‘im bo‘shlig‘i va bo‘g‘im xaltasidan iborat. Bo‘g‘im tog‘ayi gialin tog‘aydir. U elastik konsistensiyada bo‘lib, ichki yuzasi silliq. Bo‘g‘im tog‘ayi sinovial suyuqlik hisobiga oziqlanib boradi, chunki unda na tomirlar, na nervlar bor. Bo‘g‘im bo‘shlig‘ida tog‘ayni oziqlantirish funksiyasini bajarishdan tashqari, bo‘g‘im harakatlarini osonlashtirib beradigan sinovial suyuqlik bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasi fibroz kapsula (tashqi tomonda ) va sinovial pardadan (ichki tomonda) iborat. Fibroz kapsulasi atrofdagi to‘qimalar bilan mahkam bog‘langan, sinovial pardasi esa sinovial suyuqlik ishlab chiqarib turadi. Bo‘g‘imlar hamda tayanch-harakat apparati bo‘g‘imidan tashqari yumshoq to‘qimalarining bir talay kasalliklari bor. Bu kasalliklarning hammasi, zamonaviy klassifikatsiyaga muvofiq, to‘rtta gruppaga bo‘linadi: birinchi gruppaga bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi kasalliklarining asosiy formalari – yallig‘lanish kasalliklari (artritlar) va degenerativ shikastlari (artrozlar) kiradi. Bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari jumlasiga revmatik poliartrit, infeksion nospetsifik poliartrit, Bexterev kasalligi, infeksion spetsifik artritlar (sil, brusellyoz, so‘zak, zahm, ichburug‘da uchraydigan artritlar) kiradi. Boshqa kasalliklar (allergiya, kollagenozlar, endokrin kasalliklar, qon tizimi kasalliklari, avitaminozlar va boshqalar)ga aloqador bo‘lgan artritlar bilan artrozlar ikkinchi gruppaga kiritilgan. Ochiq va yopiq travma mahalida bo‘g‘imlarning shikastlanishi uchinchi gruppani tashkil etadi. To‘rtinchi gruppaga tayanch-harakat apparati yumshoq to‘qimalarining bo‘g‘imdan tashqaridagi kasalliklari (bursitlar, tendovaginitlar, periartritlar, miozitlar) kiradi. Bitta bo‘g‘imning yallig‘lanish kasalligi monoartrit deb, ko‘pgina bo‘g‘imlarning kasallanishi esa poliartrit deb ataladi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling