Terapiyada hamshiralik ishi


Bosh ogʻriqlari profilaktikasi


Download 26.42 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1647006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asab kasalligi

Bosh ogʻriqlari profilaktikasi
Migren kasalligi profilaktikasida – ogʻriqqa sabab boʻluvchi omillardan himoyalanish kerak boʻladi. Toʻgʻri kun tartibi, uyqu vaqti va davomiyligi, mehnat qilish va dam olishni tartibga solish, asabiylashishdan saqlanish hamda stress holatlariga tushmaslik katta ahamiyat kasb etadi.
Serotonin ajralib chiqishini oshiruvchi ayrim mahsulotlardan cheklanish ham migren xurujlarini oldini olishda katta rol oʻynaydi, masalan dudlangan mahsulotlar, pishloq, shokolad va spirtli ichimliklar.
Migren kasalligi inson sogʻligʻiga va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishini unutmang, shu sababli sababsiz bosh ogʻrishi kuzatiladigan boʻlsa darhol shifokorga murojaat eting.
Migren (frans. migraine), miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. M. aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, uning ogʻirengilligi yosh ulgʻayishi bilan oʻzgaradi. Bu — turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka, xotinqizlarda esa hayz sikliga bogʻliq. Xuruj oldidan bemor, koʻpincha, tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq bosadi va h.k. Ogʻriq tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil narsalar koʻrinadi.
M.da, odatda, har doim boshning oʻng yoki chap yarmi (koʻpincha, chakka qismi) ogʻriydi, bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning koʻngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin ogʻriq bir oz bosiladi.
M. xuruji 2—3 soatdan bir necha sutkagacha choʻzilishi mumkin. Xurujlar oʻrtasidagi davrda bemor butunlay sogʻlom boʻladi. M.ning miyacha (asinergiya va boshqalar) va koʻzga aloqador (diplopiya, ptoz) xillari bor.
Davosi: qon tomirlarni kengaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi preparatlar, shuningdek, fizioterapiya va yena sanchib davolash buyuriladi. Bemor vrach nazorati ostida davolanishi lozim.[1]

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling