JINSIY A’ZOLARDA O‘TKAZILADIGAN OPERATSIYALARDAN OLDIN VA KEYINGI DAVRDA HAMSHIRALIK PARVARISHI
Jinsiy a’zolarda operatsiya o‘tkaziladigan bemorlar, operatsiya reprod uktiv faoliyatga javob beruvchi a’zolarda amalga oshirilgani uchun bezovtalanish, ayollik hissini yo‘qotish, jinsiy hayotdagi muammolar, bola tug‘ish faoliyatidan judo bo‘lish kabi juda ko‘p muammolarga duch keladi. Bundan tashqari operatsiyadan keyin kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasallik, uning davolanishi cho‘zilib ketishini inobatga olib, operatsiyadan keyingi davrda hamshiralik parvarishi individual bo‘lishi, ruhiy va ijtimoiy muammolarni hisobga olishi kerak.
operatsiyadan avvalgi hamshiralik parvarishi. Bemor operatsiya dan avval qo‘rqadi, bezovtalanadi, shuning uchun unga operatsiyadan avval tekshiruvlarni to‘g‘ri tushuntirib, bezovtaligining oldi olinadi. Bemor ruhiy va jismoniy holatini yaxshilash, operatsiya yaxshi o‘tishiga zamin yaratadi.
operatsiyadan avvalgi tekshiruvlar. Qon va siydikning klinik va biokimyoviy tahlili, EKG, jigar, buyrak, yurak qon tomir tizimi faoliyatini tekshirish, OITSga, gepatit V va S ga, RW, qonning ivuvchanligini tekshirish, ko‘krak qafasi flyurografiyasi, UTT, bemorning kasallik tarixini o‘rganish, rentgenogramma qilish va boshqalar. Umumiy holatni kuzatish, tana harorati, puls, arterial bosimni o‘lchash, og‘riq va qon ketishini kuzatish, ko‘rsatmaga binoan qon quyish. Agar qon quyishga ko‘rsatma bo‘lsa, qon quyish markaziga qon guruhi va miqdori, qon quyiladigan vaqt haqida axborot beriladi. Qon kelgach, kasallik tarixidagi ko‘rsatmalari aniqlanib, bemorga qonni mos kelishi tekshiriladi va qon quyishga mas’ul shaxslarga (direktor o‘rinbosari, shifokor va anesteziolog) topshiriladi.
Tuklarni qirish. Qorin bo‘shlig‘ida qilinadigan operatsiyalarda qorin ning pastki qismidagi va jinsiy a’zolardagi tuklar qirib tozalanadi. Agar qin orqali operatsiya qilinsa faqat jinsiy a’zolardagi tuklar qiriladi (bemorning xohishi inobatga olinadi).
Tana gigiyenasi. Tana gigiyenasiga qat’iy rioya qilinadi, bemor ahvoliga qarab ko‘rsatmalar bo‘lsa, nam sochiq bilan butun tana artiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |