Terini xavfli va xavfsiz usmalari
operatsiyadan 1 sutka o‘tgach ko‘rsatiladigan hamshiralik par varishi
Download 300.66 Kb.
|
Terini xavfli va xavfsiz usmalari
operatsiyadan 1 sutka o‘tgach ko‘rsatiladigan hamshiralik par varishi. Bemorning umumiy ahvoli, faolligi, siydik ajratishi, ich ketishi, ovqatlanishi, jinsiy a’zolar gigiyenasi, asoratlarning oldini olish masalalari qabul qilingan standartlar bo‘yicha bajariladi. Hamshiralik parvarishi operatsiyadan keyingi parvarish kabi olib boriladi.
operatsiyadan keyin kelib chiqqan asoratlarda yordam berish. Operatsiya vaqtida ichki a’zolar, ya’ni ichak va siydik qopining nerv tolalarini jarohatlab qo‘yish mumkin, chunki ular bachadon bilan yonma-yon yotadi. Ayniqsa, keng qamrovli total gisterektomiyada nervlar jarohatlanishi ko‘proq uchraydi, siydik ajratish va ich ketganda yordam berish uchun qo‘llanmalardan foydalanish kerak. Defekasiyaning buzilishi: defekasiyani nazorat qilish. Ovqatlanish: operatsiyadan so‘ng ichaklar perestaltikasi kamayadi, shuning uchun oson hazm bo‘ladigan ovqatlar qabul qilish kerak. Qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlar ichaklar motorikasini pasaytiradi. Siydik ajratishni buzilishi: agar operatsiya jarayonida siydik ajratishga javob beruvchi nerv jarohatlansa, siydik ajratishiga xohishi bo‘lmay qoladi va qoldiq siydik yig‘ilib qoladi. Qovuqni trenirovka qilish va siydik ajratish uchun tavsiyalar berish (qorin orqali nafas olish uchun qo‘llanmalar berish, siydik ajratish uchun qulay vaziyat egallashi kerak). Qoldiq siydik miqdorini aniqlash: siydik ajralgandan so‘ng, siydik qopi faolligini aniqlash uchun kateterizasiya qilinadi va qoldiq siydik miqdori aniqlanadi. operatsiyadan so‘ng ayolning ruhiy holati. Ayollik a’zosini yo‘qotish hissi bemorning yoshi, oilaviy sharoiti, kasallik tarixiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bachadon menopauzadan avval olib tashlangan bo‘lsa, hayz kelishi tugaydi. Shuning uchun, ba’zi bemorlarda a’zoni yo‘qotish hissi emas, balki engillik hissi paydo bo‘ladi, chunki bachadonni olib tashlashdan avvalgi og‘riqlardan xalos bo‘ladi. Ba’zi ayollar esa, tushkunlikka tushadi, chunki o‘zini ayollik sifatini yo‘qotgan deb o‘ylaydi. Bunda ayolni har tomondan qo‘llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega, chunki bemorning kayfiyati oilasi, turmush o‘rtog‘i va atrofidagi odamlarning kasallikka va operatsiyaga munosabatiga bog‘liq. Download 300.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling