Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Download 112.13 Kb.
bet2/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

Kurs ishining maqsadi: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzulish asoslari o`rgatish bosqichlarini asosiy yo`nalishi va xususiyatlari.
Kurs ishining vazifalari:

    • Jismoniy vositalarini haqida umumiy bayon qilish

    • Jismoniy vositalarining turlari va umumiy turkuminga tavsif berish;

    • Jismoniy kilasfikatsiyasi ta’rifi va ahamiyati haqida umumiy ta’rif

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 7 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.BOB. JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI TA’LIMI VA TARBIYASI JARAYONINING VOSITALARI
1.1. Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasining asosiy vositasi sifatida
Jismoniy mashqlar tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda.
“Jismoniy mashq” atamasi jismoniy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalaridan biri hisoblanadi. Jismoniy mashq tushunchasining ta’rifi qator mualliflar tomonidan turlicha ifodalangan.
A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A. Ashmarin, B.AShiyan va boshqa qator mualliflarning ta’rifiga ko‘ra “Jismoniy mashq” deb jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi.
Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, uslubiyotlari majmuasi to‘plandi va hozirgi kun davomida tushunchaning mazmuni to‘ldirilmoqda.
Qator darsliklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi deb, ularning ob’bektiv va sub’ektiv sabablarini ochib berishga harakat qilingan.
Jismoniy mashqning vujudga kelishida ob’bektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, sub’ektiv sabab sifatida esa asta sekinlik bilan uning ongning shakillanishi jarayoni qabul qilingan.
Ibtidoiy ov qilish qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odamlar o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toydirguncha quvlaganlar. Bu ovchining organizmiga katta jismoniy tayyor garlikka ega bo‘lish talabini yuklagan. Jismoniy tayyor garligi yetarli bo‘lmaganlarning o‘zlari oviga yem bo‘lganlar. Keyinchalik ibtidoiy odamlar gala-gala bo‘lib yashashga o‘tgan laridan so‘ng, yakka ov qilishdan ko‘ra ovga jamoa bo‘lib chiqishning afzalligini tushuna boshlaganlar. Bu esa ibti doiy odamning ongi shakllana boshlaganligini ko‘rsatardi.
Asta sekinlik bilan ibtidoiy odam qurollar: tosh, uchiga qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan chohlar va boshqalardan foydalanishni o‘rgana boshlaganlar. Bu ijtimoiy ong shakllanishidan guvohlik edi.
Ovda ishtirok eta olmay qolgan qabila urug‘ining qariya lari yoshlarga toshni nishonga otish, uni zarbini kuchayti rishni mashq qildirishda qatnasha boshladilar, bu bilan tarbiyaga, inson jismi tarbiyasining, ta’lim jarayonining asosiy elementlari yuzaga kelaboshladi.
Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlandi. Bunga jismoniy mashqlarning hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakllanish davri deb qarala boshlandi.
Hozirgi kunga kelib, bu mashqlar ayni paytdagi yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda.
Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mehnat faoliyati ham ta’sir ko‘rsatdi Shuning uchun xam mehnat faoliyatida foydalaniladigan harakatlar kasbiy jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishda keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
Tarbiya amaliyotida asosan, inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘proq mashq qiladi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma’lum daraja dagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi.
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi hara- katlar, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita bo‘lib xizmat qildi.
Jismoniy mashqlarni mashq qilish tabiatning tabiiy qonuni ekanligi rus akademiklari I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy dunyoqarashlari orqali isbotlangan. Sechenovning fikricha, ixtiyoriy harakat ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltiriladi.
I.P.Pavlov esa harakatlarning fiziologik mexanizmi bosh miya po‘stloq qismining to‘plash xususiyati bilan bog‘liq ligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishini ilmiy isbotladi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va uning shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega.
Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlar mazmunlarining majmuyi-to‘plami jismoniy mashqlarning mazmunini yuzaga keltiradi, ularning o‘zaro muvofiqligi esa harakat faoliya tidagi qobiliyatni namoyon bo‘lishi orqali ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, mashq mazmuniga harakat bo‘laklarining to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish (yugurish), depsinish (sakrash chuqurligi taxtasi ustidan), havoda uchish, yerga tushishdek shu mashqning xarakat tarkibidagi zvenolari va ularga qo‘shimcha mashqni bajarish jarayonidagi hal qilinadigan umumiy va xususiy vazifalar, mashqni bajarishda organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi.
Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasining muvofiqligida namoyon bo‘ladi. Mashqning ichki strukturasiga shu faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi va h.k.lar, bio-mexanik, bioximik bog‘lanishlari – energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jara yonlar, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘z ichiga oladi.
Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning mashq bajarishda birining biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishil- ganligi, yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqachaligi bilan, mashqning ichki struktu rasini turlicha bo‘lishini namoyon qiladi.
Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasining mazmuni esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, harakatni bajarish uchun ketgan vaqt yoki kuch sarflashning me’yori va harakat intensivligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, har xil masofada tezlik sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining ham turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi (qadamning kattaligi, chastotasi, tananing holati va h.k. lar).
Shakl mazmunga ta’sir ko‘rsatadi. Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarish malakasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun suzuvchi kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtanga ko‘tarish bilan shug‘ullanuvchining kuchi biri-biridan farqlanadi. Jismoniy mashqning shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman harakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek, jismoniy sifatlariga ham taalluqlidir.

Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling