Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv
Download 112.13 Kb.
|
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatning yo‘nalishi.
Harakatning yo‘li (traektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o‘zlashtirishda, uni namoyish qilishda muhim ahamiyatga ega. Amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning troektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz. Harakat ni bajarishda uning ijrosi uchun lozim bo‘lgan traektoriyaga erishilmasa, qo‘yilgan maqsadga erishish qiyinlashadi.
Mashqni bajarishda tana harakati yo‘lining qanday shakl daligi, yo‘nalishi va harakatning amplitudasini belgilay olsak, gavda (yoki uning qismlari) harakatining yo‘lini aniqlaymiz. Inson organzmi anatomiyasining turlichaligi uni bir xil harakatni bajarishda har bir individ uchun turlicha harakat yo‘lini tanlashni taqazo qiladi. Harkatning shakliga qarab, ularning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, individning harakati hech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki oddiy harakatlar ham qator muskullar guruhining turli ko‘rinishdagi aylanma harakatlaridan iborat. Ularning organi zmi energiya sarflashi uchun samarali tomoni yuqori bo‘lib, tananing ayrim qisimlari, ma’lum bo‘laklardagi harakatlar uchun katta kuch sarflashlar bilan bajariladigan harakatlarni oson bajarish imkoniyatini yaratadi. Masalan, bokschi zarbasi uchun yelka muskullarining ma’lum qismigina turlicha harakat qilsa bas, lozim bo‘lgan kuchga ega bo‘lgan zarba hosil bo‘ladi. Harakatning yo‘nalishi. Mashqning effektivligi shunda ko‘zga tashlanadiki, agar, bajarilishi lozim bo‘lgan harakat uchun kerak bo‘lgan harakat yo‘na lishini mushaklar yuzaga keltira olsa, mashq texnikasi aniq, ravon bajarilishiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, qo‘llarni tirsakdan ko‘krak oldiga kaftlarni pastga qilib bukkan holda «rivok»larning bajarilishi ko‘krak muskul larini taranglatadi va bo‘shatadi. Agar shu harakatni tirsakni bir oz pastga tushirgan holda bajarsak, mashq o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Chunki biz ishlatishimiz lozim bo‘lgan mushaklar guruhi ijroda ishtirok etmaydi, ishlamaydi. Basketbol to‘pini savatga tushirish uchun to‘pning yo‘nalishini olti gradusdan to‘rt gradusgacha o‘zgartirish uni savatga tushish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Amaliyotda harakatning yo‘nalishi tananing sathiga yoki biror mo‘ljaliga qarab belgilanadi. Qo‘lni oldinga ko‘tarishda biz gavdaga nisbatan uning holatiga qarab harakat yo‘nalishini belgi laymiz. Yadroni ma’lum balandlikka o‘rnatilgan «planka» ustidan oshirib irg‘itishda, bizga mo‘ljal bo‘lib planka xizmat qiladi. Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga, orqaga, o‘nga, chapga tomon yo‘nalishlarda harakatlanadi. Download 112.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling