Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Harakat sifatla­ri­ni rivojlantirishi va sportning alohida turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifi­katsi­yasi


Download 112.13 Kb.
bet15/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

2.3. Harakat sifatla­ri­ni rivojlantirishi va sportning alohida turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifi­katsi­yasi
Mamlakatimizning jismoniy tarbiya tizimi jismoniy mashqlarni harakat faoliyatida namoyon qiladigan xususiy belgilariga qarab, ya’ni jismoniy sifatlari – kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, bo‘g‘inlar harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini namoyon qilishiga qarab, yangi pedagogik turkum tarzida jismoniy tarbiya amaliyotida guruhlarga ajrata boshlandi.
Bu turkumdagi mashqlar individning jismoniy tayyorgarligidagi ayrim nuqsonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish va tarbiyalash uchun qo‘lay bo‘lib, u yoki bu jismoniy mashqni bajarishda qanday sifatlarning namoyon bo‘lishi, zarurligi (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlar)ni oldindan bilishga imkon beradi.
Jismoniy rivojlantirish, jismoniy tayyorlash jarayoni, qaysidir jismoniy sifatni tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy bilim (ma’lumot)larni berish vazifalarini hal etishda yo‘naltirilib bajariladigan jismoniy mashqlar turkumini bilish talabini qo‘yadi, ular:
- asosiy (yoki musobaqa) mashqlar, ya’ni o‘quv dasturlari mazmuniga kiritilgan, tarbiyalash yoki rivojlantirishda qo‘llash uchun o‘zlashtiriladigan faoliyatlar;
- yo‘llanma beruvchi mashqlar – faoliyatni bajarishdagi nerv muskul zo‘riqishini, tashqi tomondan bir biriga o‘xshashligi, harakat texnikasi tarkibidagi ayrim harakatlarni o‘rganilishi lozim bo‘lgan mashq texnikasiga o‘xshashligi, yaqinligi orqali o‘zlashtirishni osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Masalan, voleybol o‘yinida “to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish va qabul qilish” mashqini to‘p bilan bajarishdan oldin shu harakatning aynan o‘zini vazni og‘ir bo‘lmagan to‘ldirma to‘p yoki yengil rezina to‘plar, sharlarni to‘pni uzatishdagi harakatlarni bajarish orqali o‘zlashti riladi. Bunday mashqlar asosiy, o‘rganilishi dozim bo‘lgan harakatni o‘zlashtirishga yo‘llanma beradi.
Bunday turkumdagi mashqlardan foydalanishning xarak terli tomoni harakat malakasini rivojlantirish bilan jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonini sun’iy ravishda ajratishdir. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy bog‘liq. Bular ta’lim jarayonining har qaysi etapi uchun yetakchi vazifani hal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash imkoniyatini beradi.
Sport turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi. Hozirgi kun jismoniy tarbiya va sport amaliyotida sport turi tarzidagi jismoniy mashqlar mamlakat yagona sport klassifikatsisining tarkibiga kiritilgan. Bu haqda “sport tushunchasi” mavzusida ayrim ma’lumotlarni o‘qidingiz.
Yu.M.Yunusovaning(2005) soha bakalavlari, magistrlari, aspirantlar, o‘qituvchilari va sport murabbiylari uchun mo‘l jallab yozilgan o‘quv qo‘llanmasida sport turi tarzida omma viy sport turlari, hayotiy-amaliy, texnik sport turlari va abstrakt-mantiqiy sport turlari deb turkumlangan.5 Qayd qilingan sport turi tarzidagi jismoniy mashqlarning klas sifikatsisi tarkibi noan’anaviy, milliy sog‘lomlashtirish va boshqa sport turlari evaziga boyib bormoqda.
Masalan, sog‘lomlashtirish sport turlari: akvatlon, akrobatika rok-n-roll, armrestling, beysbol, bouldring, vindserfing, gidroaerobika, dayding, djaz gimnastika, disko-gimnastika, kerling, pauerlifting, sepaktakrou, skvosh va yana boshqa undan ortiq sportning yangi sog‘lomlashtirish turlari(ularga oid materiallar bilan Sh.Xankeldiev, A.Abdullaev va boshqalarning “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati” o‘quv qo‘llanmasida tanishishingiz mumkin)6 hozirgi kunda tez ommalashmoqda.
XULOSA
Jismoniy tarbiya vositalari orqali jismoniy madaniyat darslarini tashkil qilish mavzusida kurs ishini yozar ekanmiz bunda kurs ishini mazmun mohiyati eng avvolo Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti nima ekanligi va shu bilan birgalikda tadqiqot Tadqiqot maqsadi va vazifalarini oldindan belgilash kabi vazifalar yotadi. Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad va vazifalar to‘g‘ri tashkillashtirilsa nafaqat kurs ishi balki boshqa ilmiy ishlar (bitiruv malkaviy ish, magisterlik dessertatsiya) ham to‘g‘ri va samarali ish olib boriladi, hamda ilmiy ish yakunida aniq yechim va natija o‘z isbotini topadi.
Kurs ishini yozishda birinchi bobda quydagi mavzularga to‘xtaldik Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasining asosiy vositasi sifatida,Jismoniy mashq texnikasi, Harakatlarning tavsifi, Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar jismoiy madanyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining vosi­ta­si sifatida mavzuni muayyan tarzda yoritdik, kurs ishining ikkinchi bobida Jismoniy mashqlarning klas­sifi­­katsiya­si, Jismoniy mashqlarni anatomik belgilari, harakatning shakli va quvvatiga qarab turkumlanishi, Harakat sifatla­ri­ni rivojlantirishi va sportning alohida turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifi­katsi­yasi haqida to‘loqonli yoritilib o‘tildi shu bilan birgalikda bu metodlar bolalar hayotida tutgan o‘rni haqida ham malumotlar berildi.
Kurs ishini yozishda ko‘plab adabiyotlar va huquqiy me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqib umumiy ma’lumotlar bayon qilindi.
Shunday ekan har qanday ilmiy ish qilashda albatta ishning maqsad va vazifalarini birinchi o‘rinda belgilab olish kerak. Biz kurs ishimizda ma’lum maqsad va vazifa belgilagan holda shu maqsad vazifadan kelib chiqib, Mavzu doirasida usul va uslubiyotdan foydalandik.


Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling