Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv
II. BOB. JISMONIY MAShQLARNING KLASSIFIKATSIYaSI
Download 112.13 Kb.
|
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari
II. BOB. JISMONIY MAShQLARNING KLASSIFIKATSIYaSI
2.1. Jismoniy mashqlarning klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlar haqidagi nazariy bilimlar bo‘lajak mutaxassis kasbiy tayyorgarligining mazmunida o‘z o‘rniga ega. Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir mashqdan o‘z o‘rnida foyda lanish, ishlatish uchun jismoniy mashqlar klassi fikatsiyasi haqidagi bilimlar zarur. Individning jinsi, yoshi, jismoniy tayyorgarligining darajasiga qarab, shug‘ullanish uchun mashq tanlash va ulardan maqsadli foyda lanishda turli turkumdagi mashqlarning ta’sir doirasi turlicha bo‘lishini hisobga olish lozim bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning tarixiy klassifikatsiyasi. Jismoniy mashqlar tarixan – o‘yinlar tarzidagi, gimnastika ko‘rinishi dagi, sport va turizm sharoitida uchraydigan, foydalanila digan mashqlar, deb nomlanib klassifikatsiya qilin gan(tur kumlangan). O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy vositalari sifatida tan olinib kelingan va hozirgi kun jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi tarki bida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlar ning fikriga qarama-qarshi o‘laroq, ular doimiy o‘zgarti rilib, takomillashtirilib, jismoniy tarbiya va sport amali yotida foydalanilmoqda. Tarixiy qabul qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermoqda yoki ularning tarkibida takomil lashtirilmoqda. Jismoniy mashqlarni jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi ekanligi horijiy jismoniy tarbiya tizimlarida ham o‘zining ilmiy asosiga ega. Demak, o‘yinlar, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlarni tarixiy jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto‘g‘ri fikr tug‘diradi. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlar, gimnastika, turizm mashqlari tarzida ham uchrashi tabiiy. Aslida bu mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda foydalaniladi. O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, chaqqonlik, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning hammasi xilma-xil ma’no beradi. O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. O‘zining hayotiy ahamiyati orqaligina jamiyatda o‘ziga qiziqish uyg‘otadi va ayrim zaruriy holatlarda odamlarni o‘ziga tortadi, tarbiya jarayonida vosita tarzida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muhit bilan o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda bo‘ladi va ham jismoniy, ham aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mehnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida moddiy ne’mat yaratilmaydi. O‘yin sharoitida turli xildagi harkat larni tanlash va bajarish imkoniyati bor, o‘ynovchining his-hayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini hamda tashab busini ishga solishga majbur qiladi. Hozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka, jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan o‘yinlar mavjud. Bular pedagogika va hayotda harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiya jarayoni vositasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Download 112.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling