Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Download 112.13 Kb.
bet10/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

Harakatlarning kuchini inson jismi yoki uning ayrim qismlari harakatiga ta’sir qiladigan ichki va tashqi kuchlarga bo‘lamiz.
Ichki kuchga:
a) harakat tayanch apparatining passiv kuchi –muskulning elastikligi kuchi, muskullarning taranglashish kuchi, cho‘zila olishligi va boshqalar;
b) harakat apparatining aktiv kuchi – muskulni tortisha olish kuchi;
v) reaktiv kuchlar – tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatidan vujudga keladigan yuqori tezlanish hosil qiladigan, tezlanish harakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch.
Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan ta’sir qiladigan kuchlar:
a) tananing o‘z og‘irligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch;
b) tayanish reaksiyasi kuchlari;
v) tashqi ta’sir qarshiligi (suv, havo)ni yengish va jisman tashqi ta’sirga qarshi (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish, inersiya kuchi va boshqalar.
Harakatning kuchi deb - amaliyotda tananing harakatdagi qismini biror tashqi ob’ektga jismoniy ta’siri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinish kuchi, sambo va qilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi.
Amaliyotda harkatning bir necha parametrlarini kompleksli ifodalovchi, umumlashtiruvchi sifatlarga ega bo‘lgan harakatlardan ham foydalaniladi, ular:
a) to‘g‘ri harakatlar - yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari harakat vazifasini hal qilishga mos keladi;
b) noto‘g‘ri harakatlar, ya’ni qisman bo‘lsa-da, qo‘yilgan harakat vazifasiga muvofiq bo‘lmagan harakatlar;
v) tejamli harakatlar, harakatni bajarishdan ko‘zlangan maqsadga minimal darajada zarur bo‘ladigan harakatlar;
g) tejamsiz harakatlar - ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘riqishi orqali bajariladigan harakatlar;
d) jadallik bilan bajariladigan harakatlar;
ye) kuchni yaqqol namoyon bo‘lishini talab etadigan harakatlar;
j) sust harakatlar sifati jihatidan ayrim harakatlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, ularni biror jonzot harkatiga qiyoslab tushuntiriladi.

Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling