Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar jismoiy madanyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining vosi­ta­si sifatida


Download 112.13 Kb.
bet11/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

1.4. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar jismoiy madanyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining vosi­ta­si sifatida.
Jismoniy tarbiya jarayonida havo, quyosh nuri, suv tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Insonning moddiy va ma’naviy hayot sharoiti, turmushi davomidagi moddiy ne’mat yaratish, yashashi jarayoni tashqi muhitning har xil holatiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi – havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustah kamlashning asosiy vositasi, deb qaraladi.
Jismoniy tarbiya jarayoni mashg‘ulotlari ochiq havoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan ijobiy foydalanish bilan tashkil lansa, jismoiy mashqlarning samaradorligi ortadi. Quyosh nuri, havoning namligi yoki quruqligi, suv-yomg‘ir ostida mashqlanish, mehnat qilish, shug‘ullanuvchi organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Faqat jismoniy yuklamaning ortishi yoki kamayishi bilangina emas, organizmda kechadigan modda almashinuvi va boshqa funksional almashinuvlarga tasir qilishi amalda isbotlangan.
Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug‘i organizmni tabiatning yoki tashqi muhitning zararli oqibatlariga bardoshlilikka o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya jarayonini tashkil lashda jonajon diyorimizning geografik, iqlimiy va ekologik holatining turli xilligini hisobga olishning hozirgi kundagi ahamiyati e’tiborga loyiq.
Afsuski, hozirgacha barcha viloyatlar va hududlar uchun tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosi hal qilinmagan. Masalan, quyosh nuri ostida shug‘ullanish, suv yoki havo namligi, quruqligidan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00gacha quyosh nurining organizmga ta’siri Buxoroda Farg‘onadagiga nisbatan boshqacha ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Ultrabinafsha nurlarining yetib kelishi va ta’siri qayd qilingan viloyatlarning geografik o‘rni, ekologik muhiti biri-biridan farq qiladi, ta’sir kuchi ham turlicha. Shunga ko‘ra oftobda toblanish yoki qanday haroratda necha soat shugullanish, havo namligi darajasining necha foyizi organizmning funksional tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligining aniq dalilarini yaratish lozimligi haqidgi ilmiy asoslangan tadqiqot lar vaqti yetgan, deb hisoblaymiz.
Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish, yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini hisobga olmasdan suv, havo namligi yoki quruqligi, quyosh nurida toblanish tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishini unutmasligimiz lozim.
Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishning samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiatning sog‘lomlashtiruvchi omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organi zmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko‘chuvchan” bo‘ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayonining hayotiy-amaliyligini isbotlaydi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy hislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek yuqori jismoniy tayyorgarlik vazifalarini oson hal qilishga yordam beradi.
Gigienik omillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy maqsadini, vazifalarini hal qilishning vositalaridan biri. Shug‘ullanuvchilar salomatligi profilaktikasini yo‘lga qo‘yish, organizmning optimal hayotiy faoliyati uchun lozim bo‘lgan sharoitlarni yaratish, sog‘ligini yaxshilash va uning uzoq umr ko‘rishini ta’minlash orqali hayoti davomida yuqori ishchanligini oshirishga yordam berishdan iborat.
Gigenik omillr shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shaxsiy gigiena umumiy gigiena qoidalrini o‘z ichiga oladi, ular: aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri navbatlashtirish, jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullunish, ovqatlanishning sifati va me’yori, mehnatning aktiv dam olish bilan to‘g‘ri navbatlashuvi, to‘lqonli uyqu.
Shaxsiy gigiena tarkibiga o‘z vujudining tozaligi, soch, tirnoq, og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligi, toza kiyimbosh(sport formasi) sport anjomlari, jihozlarning, sport inshoatlaridagi tozalik, tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar kiradi. Ulardan jismoniy tarbiya darslari, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish mashg‘ulotlari, sport trenirovkalari, sog‘lom lashtirish mashg‘ulotlarida maqsadli foydalanish jismoniy mashq larning ta’sirchanligini, jismoniy tarbiya jarayoni samara dorligini oshirishi ilmiy, amaliy jihatdan isbotlagan.
Gigienik talab va normalarning hayotiy-amaliyligi, ularni qo‘llashga sharoitning yetarli darajadaligi ta’lim, tarbiya jarayo nining moddiy-texnik bazasini, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyimboshlardan belgilangan muddat davomida foydala nishga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqat lanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg‘u lotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun ham mamlakatimiz ta’lim tizimi o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarki bidagi vositalardir. Gigenik omillar jismoniy tarbiyaning maxsus yetakchi vositasi hisoblanmasa ham, jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli hal qilish uchun ahamiyati katta.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini me’yorli rivojla nishiga zamin yaratadi. Mashg‘ulotlar inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansa, jismoniy tarbiya tizimi o‘zining maqsadi va vazifalarini ijobiy hal qilishga qodir jismoniy tarbiya vositalariga ega degan xulosa qilish o‘rinli bo‘ladi.


Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling