Turizm biznesida xavfsizlik va uning yo’nalishlari mundarija kirish i-bob. Globallashuv sharoitida turizm tizimini rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy-ilmiy asoslari


Download 69.89 Kb.
bet1/9
Sana08.06.2023
Hajmi69.89 Kb.
#1462979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ruzmetova Shoira


TURIZM BIZNESIDA XAVFSIZLIK VA UNING YO’NALISHLARI
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TURIZM TIZIMINI RIVOJLANISHI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-ILMIY ASOSLARI.

    1. Turizm biznesi barqarorligi va xavfsizligini mohiyati va mazmuni

    2. Turizmga, sayyohlarga asosiy xavf va xatarlar

    3. Turizm barqarorligi va xavfsizligining ta’minlashni ilg’or xorijiy tajribalari

I-Bob bo’yicha xulosalar
II-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TURIZM TIZIMI, SAYYOHLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH OMILLARI VA ULARNING TAHLILI
2.1 Turizm tizimi xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlari
2.2 Turizm tizimi xavfsizligini ta’minlashning asosiy omillari
2.3 Turizm tizimi xavfsizligini ta’minlashni baholashning asosiy ko’rsatkichlari
II-Bob bo’yicha xulosalar
III-BOB. XORAZM VILOYATIDA TURIZM BIZNESI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO’NALISHLARI
3.1 Turizm tizimi infratuzilmasini shakllantirish-hududiy turizm xavfsizligini ta’minlash asosi
3.2 Turizm politsiyasini rivojlantirish va takomillashtirish
3.3 Turizm va saayyohlar xavfsizligini ta’minlashda innovatsion xizmatlarni keng qo’llash yo’nalishlari
III-Bob bo’yicha xulosalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR


I-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TURIZM TIZIMINI RIVOJLANISHI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-ILMIY ASOSLARI.
1.1 Turizm biznesi barqarorligi va xavfsizligini mohiyati va mazmuni
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng hamkorlik aloqalarni yoʼlga qoʼyishi, shuningdek turizm sohasini rivojlantirish nihoyatda dolzarb masalalardan biri boʼlib qoldi. Barchamizga ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik o’rnatish mamalakatning xalqaro sayyohlar soni oshishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.А.Karimovning “Oʼzining va jahondagi boshqa mamlakatlarning tajribasidan olingan barcha foydali narsalarni inkor qilmagan holda respublikaning qatʼiy pozitsiyasi oʼz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqiy taraqqiyot yoʼlini tanlab olishdan iboratdir”1 aytib o’tganlaridek, jumladan rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini qo’llashimiz zarurligini qayd qiladi.
Turizm sohasi murakkab soha hisoblanib deyarli boshqa sohalardan farq qiladi. Turizm biznesi shunday sohaki, unda mahalliy aholining oddiygina dam olishidan tortib iqtisodiy sharoiti yaxshi aholining hashamatli dam olishigacha, daromadi kam sayohatchilar uchun ham turizm bozoridagi eng yuqori xizmatlarni taklif qiladi.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda turizm sohasi bir-biri bilan oʻzaro taʼsir qiluvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa omillarni tahlil qilishni talab qiluvchi, ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi murakkab tizim sifatida oʻrganiladi. Shunga asoslanib, ko’pchilik mahalliy va xorijiy ekspertlar turizmni tizimli usulda o’rganishadi va bu uchta asosiy yondashuvga asoslanadi: iqtisodiy, ekologik va madaniy.
1. Iqtisodiy yondashuv turizmdagi talab va taklif qonuniyatlarini, turizm industriyasi korxonalari ishining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga, turizm sohasining mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlariga qo’shgan hissasini baholashga asoslanadi.
2. Ekologik yondashuv ommaviy turizmning rivojlanishi bilan dolzarb bo’lib qoldi, bu rekreatsiya zonalari ekologiyasiga haddan tashqari ta’sir ko’rsatdi, bu esa tabiiy majmualar, yodgorliklar va boshqalarning holatini jiddiy ravishda yomonlashishiga olib kelishi mumkin edi.
3. Madaniy yondashuv turizmni uning turistlarni qabul qiluvchi hududlarning turmush tarziga, mahalliy aholining mentalitetiga va umuman uning madaniyatiga ta’siri nuqtai nazaridan o’rganish imkonini beradi.2
Turizm, yuqoridagilarni hisobga olgan holda, uchta tizimning o’zaro ta’siri doirasida ko’rib chiqilishi kerak: tabiat, jamiyat, iqtisodiyot. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin. Turistlar o’zlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, dam olish va sog’lomlashtirish xizmatlariga bo’lgan talablarini shakllantirishadilar, shundan so’ng dam olish va sog’lomlashtirish maskanlariga va ularning xizmatlariga bo’lgan talabga o’zaro ta’sir qiladi. Bu xizmatlarni iste’mol qilish paytining o’zida iqtisodiy, madaniy, va ekologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ushbu xizmatlarni tashkil qilish va iste’mol qilish jarayonini davlat tartibga solib turadi.
Bugungi kunda turizm biznesi rivojlantirish bevosita hududlarni jadal rivojlanishi, yangi ish o’rinlarini yaratilishi, aholining daromadlari va turmush darajasini yaxshilanishi va mamlakatlarning investitsiyaviy holatini yaxshilashni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, turizm biznesini barqarorligini ta’minlashda xavfsizlik xizmati muhim omillardan bo’lib qolmoqda. Har bir mamlakat o’zining xavfsizlik tizimi haqida sayyohlarni xabardor qilishi va xavfsizlik tizimida xalqaro standartlarni joriy etishi, samarali xavfsizlik texnologiyalarini qo’llashi turizm biznesining yanada barqaror rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Turizm biznesi barqaror rivojlanishini ta’minlashda eng muhim elementlaridan biri turistlarning hayoti va sog’lig’i xavfsizligini ta’minlashdir. Chunki turizm sohasi rivojlangani sari sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borgan sari muhim masala
bo’lib qolmoqda.
«Turizm xavfsizligi» keng ma’noli tushuncha bo’lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi xavflardan hamda turizm rivojlanishida atrof-muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi.
Turizmdagi xavfsizlik - bu turist hayoti va sog’ligini saqlash maqsadida hamda unga va atrof-muhitga yetkazilgan zararlarni minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardan iborat.3
Shuningdek, turistlarning xavfsizligi va ularning farovonligini ta’minlash, ko’rsatilgan turistik yo’nalishlarda yuqori xizmat ko’rsatishni ta’minlash va xavfsizlikni milliy manfatlarini ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari, turizm sonoati uchun xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va joriy etishda hamda turistlarni himoya qilishda tashrif buyuruvchilar va mezbonlar manfaatlarini o’zaro uyg’unlashtirish zarur.
Turizm xavfsizligi kengroq tushuncha bo’lib, V.I.Dal “xavfsizlikni “xavfning yo’qligi” xavfsizlik, ishonchlilikdir” deb aytib o’tgan. Rus tilining katta tushuntirish lug’atida "xavfsiz" atamasi "xavf ostida emas, tahdiddan mahrum" degan ma’noni anglatadi. Kundalik hayotdagi xavfsizlik holati odamlar tomonidan "xavfsizlik", "ishonchlilik", "kuch", "yaxlitlik", "xavfsizlik", "daxlsizlik", "mustaqillik" sifatida qabul qilinadi.
Ingliz tilida "xavfsizlik" tushunchasiga ikkita atama qo’llaniladi: xavfsizlik va xavfsizlik. Xavfsizlik atamasi odatda xizmatlarning (tovarlarning, ishlarning) texnik yoki boshqa moddiy mazmuni (binolar, inshootlar xavfsizligi, yong’in xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va boshqalar) bo’yicha xavfsizligini bildirish uchun ishlatiladi. Bu atama odatda "xavf" (risk) tushunchasiga mos keladi ("qabul qilinadigan xavf", "qabul qilib bo’lmaydigan xavf"). Bunday xavflarga quyidagilar kiradi: shikastlanish xavfi, yong’in xavfi, gidrometeorologik xavf, biologik xavf, ekologik xavf, toksikologik xavf, radioaktiv xavf va boshqalar. Xavfsizlik faqat atrof-muhitdan emas, balki insonlardan kelib chiqadigan xavflar bilan bog’liq elementdir. Bular, kriminogen xavf, harbiy-siyosiy xavf, psixofiziologik xavf, transportga noqonuniy aralashish harakati va boshqalar. Shuning uchun bu tahdidlarni oldindan ko’rish qiyinroq.4
Bundan tashqari turizmda xavfsizlik tushunchasiga yana bir qator yondashuvlar mavjud. Bu nuqtai nazarlarni e’tiborga olib biq qator tadqiqotchilar ta’riflari tahlillarini va ularni qiyosiy o’rgangan holda mualliflik ta’rifimiz shakllantiridi(1.1.1-jadval)

Download 69.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling