Turizm biznesida xavfsizlik va uning yo’nalishlari mundarija kirish i-bob. Globallashuv sharoitida turizm tizimini rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy-ilmiy asoslari


Turizm barqarorligi va xavfsizligining ta’minlashni ilg’or xorijiy tajribalari


Download 69.89 Kb.
bet5/9
Sana08.06.2023
Hajmi69.89 Kb.
#1462979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ruzmetova Shoira

1.3. Turizm barqarorligi va xavfsizligining ta’minlashni ilg’or xorijiy tajribalari
Rivojlangan mamalakatlarda turizm tizimini barqaror rivojlanishida xavfsizlik xizmati muhim omil sifatida tan olingan va takomillashtirib borilmoqda. Turizmning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati, mazmuni, samarasini yaxshi anglagan rivojlangan mamlakatlarda turizm tizimi barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga ham katta e’tibor qaratmoqdalar. Bu mamlakatlar turizm tizimi doirasidagi eng muhim faoliyatlardan biri xavfsizlik tizimi rivojiga ya’ni sayyohlar va ularning mol-mulklari xavfsizligi ta’minlash chora-tadbirlarini ilgari surmoqdalar.
Ayniqsa, bugungi kunda tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida turizm sohasida xavfsizlik xizmati rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan foydalangan holda turistlar xavfsizligini kafolatli ta’minlash chora-tadbirlarini qo’llash talab etilmoqda. Usbu turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro tajriba Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan o’rganilib, umumlashtiriladi. Sayohat xavfsizligi Turizm Xartiyasida e’lon qilingan.
Turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, "To’g’ri faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun turizm milliy va xalqaro sayohatchilar va dam oluvchilar uchun hamda ularning shaxsiy mulki uchun xavfsizlikka muhtoj...". Bunga quyidagilar orqali erishish mumkin:

  • sayohatlar va sayyohlarning turishi uchun xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • aholini xabardor qilish va o’qitish;

  • turistlar xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal qilish uchun konstitutsiyaviy asos yaratish, ayniqsa ekstremal vaziyatlarda;

  • ikki tomonlama, mintaqaviy, submintaqaviy, mintaqalararo va global darajadagi xalqaro hamkorlik.

Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, xorijiy mamlakatlarda turizm xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, turizm sohasidagi xavf-xatar va inqirozli vaziyatlarni davlat tomonidan boshqarish tizimini rivojlantirish masalalari turizm siyosati va norma hujjatlari turizm qonunchiligining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
Shu bilan birga, ular turizm xavfsizligi konsepsiyasiga ham, uni ma’muriy-huquqiy jihatdan ta’minlash shakllari va usullariga ham turlicha yondashuvlarga ega.
Shunday qilib, agar Moldova Respublikasi qonunchiligida biz turistlarning shaxsiy xavfsizligi (tor ma’noda turizm xavfsizligi) haqida gapiradigan bo’lsak, Belarus, Ukraina va Qozog’iston respublikalarining qonunlarida turizm xavfsizligi nafaqat shaxsiy xavfsizlikni hamda turistlar xavfsizligi, balki jamiyat va davlat xavfsizligining alohida elementlari, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishni o’z ichiga oladi. Ushbu mamlakatlarda turistlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar konsepsiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan (1.3.1-jadval).

Download 69.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling