Turizm biznesida xavfsizlik va uning yo’nalishlari mundarija kirish i-bob. Globallashuv sharoitida turizm tizimini rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy-ilmiy asoslari
Download 69.89 Kb.
|
Ruzmetova Shoira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif Ta’rif
1.1.1-jadval
“Turizm xavfsizligi” tushunchasiga turli yondashuvlar5
Hozirgi kunda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar sayyohlarni jo’natuvchi va qabul qilib oluvchi har bir mamlakat uchun sayyohlarning dam olish paytlarida, transport harakati yo’nalishlarida ularning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ko’rib qo’ymog’i lozim. Bundan ko’rinib turibdiki, turizm sohasi samarali faoliyat ko’rsatishi uchun mahalliy va xalqaro sayohatchilar yoki dam oluvchilarning hamda ularning mol-mulkning xavfsizligini, shuningdek turistik faoliyatda foydalaniladigan ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash zarur. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar turli xil xavf- xatarlarni hisobga olishlari kerak, bu esa turizm faoliyati xavfsizligiga turli tahdidlarni kamaytiradi va oldini olishda yordam beradi. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash malakatning qonunchilik doirasida turistlarning davlat hududi bo’ylab harakat qilishi, ularning mamlakat hududida bo’lishi, sog’lig’i, hayoti va mulki xavfsizligini ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Turizm uchun xavfsizlik choralarini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro tajriba WTO tomonidan o’rganiladi va umumlashtiriladi. Turizmda sayohat xavfsizligini ta’minlash Turizm Xartiyasida e’lon qilingan. Turizmda xavfsizlikni ta’minlashda turizmga oid Gaaga deklaratsiyasida taʼkidlanganidek, “Turizm sohasi toʻgʻri faoliyat olib borishi, rivojlanishi uchun mahalliy va xalqaro sayohatchilar, dam oluvchilar hamda ularning shaxsiy mulki xavfsizligini ta’minlashga muhtojdirlar. Bunga quyidagilar orqali erishish mumkin: sayohat va sayyohlarning tunab qolishi uchun xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; aholini xabardor qilish va o’qitish; turistlar xavfsizligini ta’minlash, xususan, ekstremal vaziyatlarda muammolarni hal qilish uchun institutsional asoslarni yaratish; ikki tomonlama, mintaqaviy, submintaqaviy, mintaqalararo va jahon darajasidagi xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish”.11 Turizmda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uzoq yillardan beri muhim masala bo’lib kelmoqda. Shu bois, WTO 1994-yilda 73 ta davlat bilan “Sayohatchilar, turistik obʼyektlar xavfsizligi va himoyasi” mavzusida so’rovnoma o’tkazgan. So’rovnoma natijalari quyidagilarni ko’rsatadi: 71% mamlakatlarda turistlar keladigan ob’ektlar va diqqatga sazovor maskanlar maxsus turizm politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan himoyalangan. Ushbu xizmatda faoliyat yurituvchi xodimlar o’sha mamlakatning yoki shaharlarning politsiyasining bir qimini tashkil etadi. 21% mamlakatlarda turizm politsiya xizmati tashkil etilgan va bu xodimlarning yarmi turistlarga muammolarida yordam beradi. Bundan tashqari mamlakatlarda turizm politsiya zimmasiga madaniy yodgorliklarni himoyasi, atrof-muhit muhofazasi, sayyohlarni axborot bilan ta’minlash va mahalliy ahlini himoya qilish yuklatilgan. Ammo, dunyo bo’yicha faqatgina 9 mamlakatda turizm politsiya xizmat tashkil qilingan qonun mavjud. Ushbu xodimlarning 41%i xorijiy tillarda gapira oladi, 26%i esa turizm sohasi bo’yicha mutaxassis, 37% boshqa mamlakatlarning turizmga tegishli bo’limlar va oddiy politsiya xodimlari bilan aloqa o’rnatgan. Bundan ko’rinib turibdiki, turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari juda uzoq yillardan buyon davom etmoqda. Ushbu xavfsizlik xizmati mamlakatizmizni ham chetlab o’tgani yo’q. Mamlakatimizda turizm barqarorligi, xavfsizligi va salomatliligi birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm to’g’risida”gi qonuni sohaga oid hujjatlar bilan kafolatlanadi.12 Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari nodavlat turizm xizmati tashkilotlari bilan hamkorlikda turistlar va sayyohlarning xavfsizligini himoya qilinishi uchun bu masalaga davlat va jamiyat manfaatlari, xususan sayyohlar samarali himoyasi nuqtai nazaridan yondashuvi hamda bu masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rish lozim. Shuningdek xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari turistlar va sayyohlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma’naviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar yetkazilishining oldini olish ta’minlanishini nazarda tutadi. Umuman olganda, turizm biznesi barqaror rivojlanishi uchun turizmda xavfsizlik xizmati katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu soha yillar davomida bosqichma-bosqich shakllanib, takomillashtirilib borilmoqda. Download 69.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling