Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Jismoniy mashqlarni anatomik belgilari, harakatning shakli va quvvatiga qarab turkumlanishi


Download 112.13 Kb.
bet14/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

2.2. Jismoniy mashqlarni anatomik belgilari, harakatning shakli va quvvatiga qarab turkumlanishi
Jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligiga erishish da mashg‘ulotlarning har qanday turi uchun tanlangan mashqlar dan foydalanishda qo‘yilgan vazifalarni maqsadli hal qilish nazarda tutiladi. Bu vazifalar mushaklarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, mashqlarning anatomik belgilariga ko‘ra turkumlanadigan guruhiga murojaat qilindi.
Ular: a) yelka kamari mushaklari; b) bel - yonbosh mushak lari; v)harakat - tayanch apparati mushaklari deb guruhlanadi.
Yelka kamari mushaklari tarkibiga–elkaning ikki boshli mushagi, trapesiyasimon mushak, deltasimon mushak, ko‘krakning katta mushagi, yelkaning oldingi sathi mushagi, yelkaning uch boshli mushagi kiradi.
Bel –- yonbosh mushaklari tarkibiga – qorin pressi mushak lari, orqa-yonbosh mushaklari, orqaning keng mushagi kiradi.
Harakat-tayanch apparati mushaklari tarkibiga esa – son ning oldingi sath, sonning orqa sathi mushaklari, ikrasimon mushaklar kiradi.
Qayd qilingan mushaklarning tolalari (miofibrillar)ni yo‘g‘onlashtirish, ularni egiluvchanligini oshirish,ulardan o‘tadigan qo‘zg‘alish impulslari tezligini kuchaytirish, qo‘zg‘a lish signallariga javob reaksiyasini yaxshilashda anotomik belgilariga ko‘ra turkumlanuvchi mashqlardan foyda laniladi.
Eng ahamiyatga molik jihati shundaki, qayd qilingan mashqlar turkumidan foydalanib alohida muskul yoki muskullar guruhlarini rivojlantirish mumkin bo‘ladi. Ularni tarbiyalash, rivojlantirishda har qanday kuch talab qiluvchi mashqdan foydalanish yaxshi samara berishi jismoniy tarbiya amaliyotida isbotlangan.
Bu turkumdagi jismoniy mashqlar jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo‘lib, o‘tirgan, yotgan holda amalga oshiriladigan, egiluvchanlik va kuchni rivojlan tirish mashqlari bo‘lishi mumkin. Ular umumiy rivojlan tiruvchi mashqlar, o‘zining vazni og‘irligidan foydalanib bajariladigan yoki turli og‘irlikdagi toshlar, gantellar, shtanga, turli xildagi qarshiliklarni yengish orqali - amorti zatorlar, espanderlar, rezina bintlardan foydalaniladi.
Bajarilayotgan jismoniy mashqlar - ixtiyoriy harakat lar o‘zining shakliga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Ular:
a) “siklik harakatlar”.Ularga - suzish, eshkak eshish, velosipedda harakatlanish, yurish, yugurish va boshqalar;
b) “atsiklik harakatlar” - gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlar, qilichbozlik va boshqalar;
v) “aralash harakatlar” – nayza uloqtirish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va boshqalar. Tarkibida ham siklik, ham atsiklik harakatlar mavjud bo‘ladi.
Bunday harakatlarning tuzilishi yoki bajarish holatiga qarab biomexanikada – statik, dinamik, siklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan mashqlar, deb guruhlana boshlandi.
Harakatlarning quvvatiga qarab ham jismoniy mashqlar turkumlanadi:
a) maksimal quvvatga ega bo‘lgan mashqlar(anaerob harakatlar);
b) submaksimal quvvatga ega bo‘lgan mashqlar - 800 m.ga, 1000, 1500, 3000 m.ga yugurishlar va boshqalar;
v) katta quvvat sarflab bajariladigan harakatlarga 10 000, 20 000 m.ga marafon yugurishlari va boshqalar. Shu masofalarga maromli quvvat sarflab yugurishlar kiradi.

Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling