Termik analiz


Detallarni qayta tiklash usullarining klassifikatsiyasi


Download 41.59 Kb.
bet2/3
Sana21.09.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1684141
1   2   3
Bog'liq
Termik usul 2

Detallarni qayta tiklash usullarining klassifikatsiyasi.
O’z vazifasini bajarilmayotgani yoki biroi bir nuqsoni bor detallar har xil usullar bilan qayta tiklanadi, u yoki bu usulni tanlashda defekt turiga, etilish darajasiga materialning turiga unga qo’yilgan talablarga va xokazolarga qarab tanlanadi. Eyilgan detallarni shakli va o’lchamlarni tiklash uchun plastik deformatsiya mexanik ishlov berish usullari qo’llaniladi.
Yuqoridagilarni xisobga olib detallarni qayta tiklash usullari quyidagilarga bo’linadi.
1) Payvanlash va qoplash.
2) Purkash usullari (gaz alangasi yordamida, plazma, lazer yordamida)
3) Kimyoviy va galvanik usullar (xromlash azotlash, nikellash, toblash.
4) Bosim ostida ishlov berish usullari (chuktirish, to’g’rilash qisish bukish).
5) Qirqish usullari (frezerlash, jilvirlash, parmalash).
6) Ishqalanish vositasida tiklash.
7) Polimer materiallar va kompazitsiyalar yordamida tiklash.
Yuzalarni payvandlash va qoplash.
Yuzalarni payvandlashda asosan quyidagi payvandlash usullar qo’llaniladi:
1) Elektr yoy yordamida payvandlash va koplanadi.
2) Avtomat usulda flyus yordamida payvandlash va qoplash.
3) Ximoya gazlarni muxitida payvandlash va qoplash.
4) Vibro yoy yordamida payvandlash va qoplash.
5) Elektr shlak yordamida qoplash.
Birinchi 4 ta usul detal bilan elektrodni qisqa tutashish natijasida xosil bo’lgan elektr yoy xisobiga payvandlanuvchi yuzalarni va elektrodni erish jarayoni eruvchanlik koeffitsienti bilan harakterlanadi. U quyidagicha aniqlanadi: aр= Qp/It (1)
Qp- erigan metalning massasi.I- payvandlash tokining kuchi t- erish vaqti.
Qoplash koeffitsienti ham shunday aniqlanadi. aн= Qн/It (2)
Detallarni payvandlash va qoplashda ish rejimiga e'tibor berish kerak, ish rejimini asosan tok kuchi bilan ifodalash mumkin. Masalan: 2-4 mm qalinlikdagi detalni payvandlashda 3-4 mm bo’lgan elektrod qo’llaniladi. Tok kuchi 0,75-120amper U=18-25 voltga teng. Agar nq=6-10 bo’lsa elektrod dq=5-6 Iq=200-400 amper Uq=25-40 volt.
Yuqori marganetsli koks-tsion po’latlarni payvandlashda qo’llaniladigan elektrodlar sv-10 x 20 n 15, sv-08nz.Cho’yanlarni payvandlashning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki u sovuq xolatda payvandlanib maxsus eletrod qo’llaniladi.Masalan: o’zini ximoyalovchi nikel asosidagi elektrodlar PANCh 11 mis asosidagi edektrodlar MNCh-1-2. Mis temir asosidagi elektrod OZCh. Cho’yanlarni payvandlashda quyidagi rejim qo’llaniladi. d=1-2 bo’lsa, I=80-180 amper, U=14-18 volt.
Cho’yanlarni payvandlashda asosan FSCh flyuslar qo’llaniladi. Uning tarkibi 50% azotlangan natriy bularga va kaltsilangan soda cho’yanlarni payvandlangandan so’ng ularni pechda sekin sovitilishi kerak. Galvanik usullar. Detallarni galvanik va kimyoviy qoplamalar yordamida qayta tiklash. Galvanik metodlar asosida detallar yuzasini qoplash, elektrolitlardan elektr toki o’tishi natijasida metal atomlarni yuzalariga utirib qolishiga asoslangan elektrolitlar sifatida kislotalar, ishqorlar hamda metallarning suvdagi tuzli eritmalaridan foydalaniladi. Elektrolitlardan elektr toki o’tish natijasida metallar ioni musbat zaryadlanib manfiy zaryadlangan detallar yo’ziga utiradi va qoplama xosil qiladi. Detallarni qayta tiklashda quyidagi galvonik usullar qo’llaniladi. Xromlash, nikellash va ruxlash. Bu qoplamalarni qilishdan maqsad yeyilishiga, karroziyaga bardoshlilik uchun qilinadi. Shulardan xromlash bu usul yeyilgan yuzalar 0,2-0,3 mm kullanilib bu usul kullanilganda metalning strukturasiga ta'sir qilmaydi. Xromlash texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat.
1) Yeyilgan yuzani to’g’rilab qirqiladi.
2) Yuzani kerosin, benzinlar bilan yaxshilab tozalanadi.
3) Koplanmaydigan uchastkalar yaxshilab berkitiladi.
4) Elektr vannani yaxshilab tayyorlanadi.
5) Elektrolitlarni tozalanadi buning uchun uning tarkibiga yodli natriy 100 gr litr suyuq shisha 2-3 gr litr.
6) Xromli vannani anodli ishlovdan o’tkaziladi buning uchun 5-6 minut toksiz ishlab turiladi so’ng 90 sekundgacha anodli tok yuboriladi.
7) Xrom qoplamasi berilgan rejimda tayyorlanadi. Masalan universal elektrolit tarkibi 250 gr 1 litr xromli angedrit 2,5 gr 1 litr sernaya kislota harorat 50-60 % tok zichligi 40-100 AG`dm2 tokning chiqishi 10-12 % Xromlash usuli maxsus 2 taglik vannada bajariladi, uning biri elektrolit kuyuvchi bak bo’lib yuzasi ishkor va kislotalarga chidamli kurgoshin yoki vini plastdan koplanadi.
Bu usullarning payvandlash-qoplash usullaridan eng katta farqi shuki, galvanik usullar yordamida kam eyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, qayta tiklash jarayonida detal materialida strukturaviy o’zgarishlar sodir bulmaydi. Galvanik qoplangan metallar o’z mexanik xossalari bilan quyma metallardan farq qiladi. Maxsus sharoitda xosil bo’lgan galvanik qoplangan metallar o’zgargan kristalli panjaraga ega bo’lgani uchun ular o’ziga xos mexanik xossalari bilan tavsiflanadi: qattiqligi, eyilishga chidamliligi, uzilishga bardosh berishi va xokazo. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini ko’p miqdorda o’zgartirish mumkin va shu bilan har bir xolatda kerak bo’lgan qattiqlik, mustahkamlik, eyilishga chidamlilik va boshqa mexanik xossalarni ta'minlash mumkin.Xromlash. Xromli elektrolit haroratini, kontsentratsiyasini va tok zichligini o’zgartirish yo’li bilan mexanik xossalari bir-biridan farqlanadigan qoplamalarni olish mumkin. Kulrang qoplamalar yuqori qattiqligi (900-1200 NV) va eyilishga chidamliligi bilan ajralib turadi, lekin ular ancha murt bo’ladi. Yaltiroq qoplamalar qattiq (600-900 NV) va yeyilishga chidamli. Bu qoplama murtligi kulrang qoplamalarga nisbatan kamroq, lekin bari bir katta. Xromning sut rangli chuktirmalari qattiqligi uncha katta bo’lmasa ham (400-600 NV), lekin ular yetarli darajada plastik va yeyilishga chidamlidir. Xromli qoplamalar kichik ishqalanish koeffitsientiga ega (0,13), bobit bilan ishkalanganda va 0,16 po’lat bilan ishlanganda, yuqori issiqlik o’tkazuvchanligiga ega, issiqlikka bardosh berish xususiyatlari yuqori darajada, korroziyaga chidamli, kimyoviy inertli, to’g’ri chiziqli kengayish kichik va xokazo.
Hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan issiq elektrolitli xromlashning texnologik jarayoni bir necha kamchiliklarga ega:
- xrom cho’kishining kichik tezligi (10-20 mg/soat) ;
- tok bo’yicha kam cho’kishi (13-15 );
- kichik elektroqimyoviy ekvivalent (0,323 g/soat) ;
- yangi elektrolitning tok bilan katta muddatda ishlanishi ;
- issiq elektrolitning ko’p miqdorda bug’lanishi;
- xromli qoplamaning yaxshi xo’llanmasligi, elektrolit kontsentratsiyasini doimo ushlab turish kerakligi;
- katta hajmli ishlab chiqarish maydonlarining kerakligi va ishchi uchastka tashkil qilish uchun katta sarflar kerakligi;
- takchil va kimmatbaho materiallar kerakligi, tayyorgarlik operatsiyalari murakkabligi va ko’p mehnat talab qilishi;
- qoplamada xosil bo’lgan zararli koldik kuchlanishlarni yo’qotish uchun texnologik jarayonga qo’shimcha operatsiyalar (rolik yoki sharik bilan nakatkalash) zarurligi; texnologik jarayonning ishchilar salomatligiga zararliligi.
Metallanish. Har xil qalinlikda qatlam olish (20-30 mkm dan 6-8 mm.gacha) imkoniyati borligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi Muxim kamchiliklari tufayli bu usul ta'mirlashda uz urnini topmadi:
-qoplanadigan metall zarrachalari uz-uzi bilan va asosiy metall orasida boglanishi yukligi;
- tayyorgarlik operatsiyalari tufayli (qum purkab ishlov berish, «uzik rezba» qirqish, g’adir-budir xosil qilish) detalning charchashga mustahkamligi keskin kamayishi;
Po’latlash. Xromlashga nisbatan po’latlash samarali va unumli, chunki tok bo’yicha chiqishi 75 - 96% ga teng, bu esa cho’kish tezligi xromlashga nisbatan 5-7 barobar yuqori 0,2-0.4 mmG` soatga etadi. Po’latlashda qalin qoplamalar olish mumkin (0,2 mm gacha). Lekin yuqori chastotali tok bilan toblangan qoplama qattiqligi po’lat - 45 dan kam. Asosiy metall bilan yopishganligi 45-48 kg/mm ga teng. Jarayonning kamchiliklariga quyidagilar kiradi.

  • Ishqalanishga chidamliligi past va yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat - 45ning 75 foizni tashkil etadi, charchash mustahkamligini 25-30 % kamayishi (me'yorlangan 45 markali po’latga nisbatan) tayyorgarlik operatsiyalari murakkabligi va katta mehnat talab qilishi;

  • Katta hajmdagi ishlab chiqarish maydoni kerakligi;

  • Xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi;

Payvandlash-qoplash usullari. Payvandlash va qoplash mashina detallarini ta'mirlashning eng asosiy usullari xisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta'mirlash korxonalarida payvandlash va qoplash usullari bilan 55 foizdan ortiq detallar qayta tiklanadi. Ta'mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar bilan ifodalanadi:

  • ularning unumliligi va jarayonning nisbatan oddiyligi;

  • qoplangan qatlamning asosiy metall bilan maxkam birikishi;

  • metallga sifatli qoplama olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, eyilishga chidamliligi, oshirilgan qayishkokligi va xokazo).

Ushbu usullarning kamchiligi shundan iborat: issiqlik ta'sirida metall strukturasi o’zgaradi va bu mexanik xossalarning pasayishiga olib keladi.Flyus ostida avtomat va yarimavtomat qoplash.
Jarayon yuqori unumdorligi bilan tavsiflanadi, bir soatda 3-5 kg metallni, 1 dakikada esa 30-40 sm gacha yuzani qoplash mumkin. Usulning afzalligi shundaki, qoplangan metallni legirlash yo’li bilan kerakli fizik-mexanik xossalarga ega bo’lgan qatlamni olish mumkin. Shu bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega:

  • kichik diametrli detal yuzasida (50- 60 mm.dan kam) erigan metallni flyus vannasida ushlab qolish qiyinligi;

  • shlak katkalog’ini chiqarish qiyinligi;

  • ishlash sharoiti qiyinligi (flyus bo’lganligi uchun);

  • yuzadagi qatlamning eyilishga chidamliligini oshirish uchun qoplangan metallni aksariyat xollarda legirlash yoki uning mustahkamligini oshirish kerakligi;

  • qoplash jarayonining manyovri cheklanganligi, kuchli kizish sababli, ayniqsa kichik o’lchamli va massali detallarning fizik, mexanik xossalari yomonlashishi;

  • metallni yupqa qatlamli qilib qoplash mumkin emasligi. 

Karbonat-angidrid muxitida avtomat va yarimavtomatli qoplash. Karbonat angidrid muxitida qoplash bir qator muxim afzalliklarga ega. Ulardan asosiysi flyus ostida avtomatli payvandlashga nisbatan yuqori unumdorligi (18-20 sm gG`min) va qoplashning yuqori koeffitsientliligi.
Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga ega:

  • qoplash jarayonini kuzatib, tekshirish mumkinligi;

  • jarayonni tuxtatmasdan bir necha qator valiklarni qoplash mumkinligi;

  • kichik diametrdagi detallarga qo’llash mumkinligi;

  • yupqa qatlam (0,8-1,0 mm) qoplash mumkinligi.

Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • katod elementlarning quyib, bug’lanib ketishi;

  • erigan metall vannasida vodorod va azot bo’lganligi tufayli chokda kovaklar xosil bo’lishi;

  • elektrod materialning ko’p qismi (10-15 % gacha) sachrab ketishi;

  • yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki kukunli sim va, keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi.


Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling