Termik analiz


Tebranma yoy yordamida qoplash


Download 41.59 Kb.
bet3/3
Sana21.09.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1684141
1   2   3
Bog'liq
Termik usul 2

Tebranma yoy yordamida qoplash.
Tebranma yoy yordamida qoplash usuli ta'mirlash korxonalarida quyidagi afzalliklari tufayli keng kullanilmoqda:

  • arzon elektrod materiallar va oddiy uskunalar qo’llaniladi;

  • unumdorligi ancha yuqori (30-40 smG`min );

  • qoplangan qatlam asosiy metall bilan yaxshi birikadi (50-54 kg/mm ):

  • qoplash jarayonida detal deyarli kizimaydi, chunki suv bilan uzluksiz sovitilib turiladi;

  • detal deyarli deformatsiyalanmaydi.

Yuqorida ko’rsatilgan afzalliklar bilan birga ancha kamchiliklari ham mavjud:

  • katta ichki kuchlanishlar sodir bo’lishi tufayli qoplangan qatlamda darzlar xosil bo’lishi ;

  • legirlovchi elementlarning quyib, bug’lanib ketishi (legirlovchi elementlarning 30-40 % igacha );

  • qoplangan qatlamda ko’p miqdorda kovaklar va Bo’shliklar xosil bo’lishi;

  • qoplangan qatlam qattiqligi etarli darajada emasligi (o’rtacha qattiqligi 45-48 NRC dan oshmaydi) va teng taksimlanmagan «dogsimon»ligi;

  • detalning charchashga mustahkamligining keskin pasayishi (60% gacha);

  • detalning ko’p miqdorda sachrab ketishi (elektrod material 20%gacha);

  • 0,8-1,0 yupqa qatlamni qoplashda jarayonning borish tekisligi yomonlashadi;

  • har xil diametrli detallarni qoplashda jarayon rejimlarini tanlash qiyinligi;

Elektromexanikaviy ishlov berish. Elektromexanikaviy ishlov berishda detalga tok o’tkazuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning taksimlanishi sodir bo’ladi.
Spiralsimon chiziqlar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta'sir bo’lganligi uchun val bo’yinlari toblanib qoladi. Detalning charchashga mustahkamligi 10-12% gacha ortadi. Xosil bo’lib qolgan ariqchalarni har-xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim payvandlash, tavsiya etiladi.Sim payvandlash tok o’tkazuvchi rolik bilan bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, sim arikchalarni yaxshi to’ldirar ekan va kushilgan metallning birikish mustahkamligi tangensial siljitishda har xil markali simlar uchun 10-12 kg/mm ga etadi.
Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling