Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim xisoboti


Download 13.49 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi13.49 Kb.
#1116016
Bog'liq
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Talabalarni turar joy bilan ta


Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim
XISOBOTI
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida hozirgi kunda 3204 nafar talabalar tahsil olayotgan bo`lib, shundan 3098 nafar bakalavriat, hamda106 nafar magistratura bosqichi talabalaridir. Xozirgi kunda mavjud 2280 nafar kunduzgi ta`lim shakli talabalaridan 394 nafari talabalar turar joylarida, 804 nafar talabalar o`z uyi va yaqin qarindoshlarining uylarida hamda 1082 nafar talabalar ijara huquqi asosida istiqomat qiladi. 2022-2023-o`quv yilining birinchi yarmida Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to`lanadigan ijara to`lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 605-sonli qarori asosida ijara huquqi asosida yashayotgan talabalardan Sentyabr oyida 80 ta, Oktyabr oyida 233 ta, Noyabr oyida 279 ta, Dekabr oyida 411 ta arizalar qabul qilingan bo`lib, Sentyabr oyida 75 ta, Oktyabr oyida 212 ta, Noyabr oyida 269 ta, Dekabr oyida 406 ta arizalar, jami 4 oy davomida 962 ta arizalar Komissiya tomonidan ijtimoiy me`zonlarga muvofiq deb topilib, ijara to`lovlarining bir qismini qoplab berishga tavsiya etildi. Shuningdek 40 nafar talabalar tomonidan taqdim etilgan arizalar komissiya tomonidan ijtimoiy me`zonlarga mos kelmaganligi tufayli rad etilgan.
Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 20-sentyabrdagi “Talabalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va turar joy bilan ta`minlash bo`yicha Vazirlar Mahkamasi yig`ilishi”ning 223-son bayoniga asosan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 2022-2023-o`quv yilida birinchi kursga qabul qilingan ijara huquqi asosida yashayotgan 171 nafar talabalarga istisno tarzida sentyabr, oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan, ijara to`lovlarining bir qismi qoplab berildi.
Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga bugungi kunda berilayotgan ikoniyatlar, talabalar uchun mavjud imtiyozlar haqida tushuntirish ishlari, shuningdek ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolarini o`rganish va bartaraf etish yuzasidan institut ma`naviyat bo`limi, dekan o`rinbosarlari hamda tyutorlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Talabalarni turar joy bilan ta`minlash
ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig`i D.Xidirova
Download 13.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling