Termiz agrotrxnologiyalari va innavatsiyon rivojlanish instituti
Download 1.68 Mb.
|
g
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marfologiyasi
BiologiyasiBiologik xususiyatlari. Moyli zig’ir issiqlikka talabchan emas. Urug’lari 5 C da una boshlaydi. Unib chiqqandan gullaguncha havoning harorati o’rtacha 15-17 C, pishish davrida 19-20 C talab qiladi. Yosh maysalar –6 C sovuqqa chidaydi. O’suv davrida 1600-1800 C faol harorat talab qilinadi. O’suv davrining oxirida zig’ir issiqlikka talabchan bo’ladi. Bu davrda haroratning yetishmasligi hosilning kamayishga olib keladi. Unib chiqishda havo harorati past bo’lsa unib chiqishi kamayadi. Uzun kunli o’simlik. Yorug’likka talabchan. Serquyosh, yorug’ kunlarda urug’tarkibida moy va oqsil miqdori ko’p bo’ladi. Moyli zig’ir qurg’oqchilikka chidamli hamda namga talabchan. Ildizlari tolali zig’irnikiga nisbatan chuqur kirib boradi.Tuproqqa talabchanligi. Soz, zich, toshloq, sho’r, og’ir tuproqlarda hosili pasayib ketadi. Lalmi mintaqada och bo’z, to’q bo’z, tog’li mintaqada chimli bo’z tuproqlar moyli zig’ir o’stirish uchun qulay bo’ladi. Zig’ir ekilgan dalalar o’tlardan toza bo’lishi lozim. U sekin rivojlangani uchun begona o’tlar qisib qo’yadi. Zig’ir g’unchalash boshlaguncha tez o’sadi. Gullash davriga kelib bo’yi 60-70 sm ga yetadi. O’simlik maysalari yashil, poyasi tik turadi, gullari ko’k. O’suv davri 72-77 kun.MarfologiyasiAvlodi Lium, oilasi zig’irdoshlar (Linaceae) 200dan ziyod turni o’z atrofiga birlashtiradi, asosan mo’tadil iqlim va subtropik mamlakatlarda o’sib rivojlanadi. Yer sharida qishloq, xo’jalik ekinlari ichida oddiy zig’ir ya’ni - Linum usitatissium ildizlari o’q ildiz bo’lib, tuproqning 1-1,5 m chuqurligiga kirib boradi. Kungaboqar va maxsarga qaraganda ildizlari sust rivojlangan, ko’plab yon shoxlar hosil qiladi. Zig’ir ildizlari tuproqdan ozuqa moddalarini sust ravishda o’zlashtiradi. Poyasining uzunligi lalmi zonada 40-50 sm gacha bo’lsa, shartli sug’oriladigan joylarda 60-70 sm ga yetadi, poyalari ingichka shoxlanish miqdori nav xususiyatlariga bog’liq. Yon shoxlari to’rttadan sakkiztagacha bo’ladi.Poyadagi po’stining tagida lub tolalari bor. Tolaning uzunligi zig’ir poyasining bo’yi, yon shoxlarining ko’p yoki kamligiga bog’liq. Yon shox paydo bo’lgan joyda tolalar uziladi. Sifatli tolani faqat baland bo’yli, tolali zig’irdan olish mumkin.Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling