Termiz davlat pedagogika insituti


Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1209439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
zamira yangi pdf

1.3. Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni 
oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar 
ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat 
talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim –tarbiya mazmunining 
asosiy yoʻnalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan 
minimal talablar berilgan boʻlib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi. 
Bolarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va 
vazifalarning bajarilishiga erishish “Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash” 
tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
mamlakatning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili boʻlgan 


15 
kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan sogʻlom 
avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yoʻnalishidir. 
Davlat talablari asosida tuzilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan maktabgacha 
yoshdagi bolalarning ota –onalari, tarbiyachilari, hamda oʻzlari uchun turli sohalar 
boʻyicha dasturlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va jismonan rivojlantirishga yordam 
beradigan turli tuman oʻyinlar va ta’lim tarbiya metodi yoritiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablarida 
belgilangan koʻrsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga, 
mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi uchun barkamol inson boʻlib yetishishlariga zamin 
hozirlaydi. Bolani maktabga tayyorlashda oilani oʻrni juda kattadir. Bola tarbiyasida 
oilaning barcha a’zolaridan bolalarga nisbatan toʻgʻri munosabatni, balki ularning 
taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. 
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy 
axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi 
samara beradi. 
Ma’naviy tarbiyani bolaga oʻtmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va 
faravonligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, 
qadriyat va an’analarimizni oʻrgatish orqali singdirish mumkin. 
Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, 
boshqa hyech qaysi tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi. 
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim oʻrni bor. Oila 
davrasida qoʻshiqlar kulanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida oʻqish, birga 
spektakl va kino koʻrish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini 
shakllantirishdagi jihatlardir. 
Ota –onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga oʻta 
ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar 
bilan birgalikda bajarish, toʻgʻri va vataminlashgan ovqat berish, dam olishni, uyquni 
toʻgʻri tashkil etish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida shifokor nazoratidan oʻtkazishlari 
zarur. 


16 
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, 
diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va 
matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, 
odatda sogʻlom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun 
dars davomida oʻzida joʻsh oʻrib turgan gʻayratlarini tiyib jim oʻtirishga tezroq 
koʻrinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda 
ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya 
qilinishi kerak. 
Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy marosimi, bolalarning soni va 
shu kabilarga oʻz yashash sharoitini bolalarning soni va shu kabilarga oʻz yashash 
tartibini oʻrnatadi. Biroq bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi 
va tushligi oʻrtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik vak kechki ovqat 
oʻrtasidagi oraliq –bir oz kattaroq (6 – 7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki 
choy boʻlishi kerakligini unutmaslik kerak. Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 
soatni tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan soʻng 1 -1.5 soat dam olishga odatlansin. 
Kechqurun u doimo bir vaqtda ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin.Bola miriqib 
uxlasin desangiz,quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:bola uxlaydigan xonani 
yaxshilab shamollatish; bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qoʻlini, 
oyogʻini yuvishga odatlantirish bolaga oʻrinda nonushta qilishga aslo yoʻl qoʻymaslik. 
Bolaning me’yorida rivojlanish uchun u toza xavoda koʻp harakat qilish kerak. 
Bola ochiq havoda qish oylarida 4 soatdan kam boʻlmasligi, yozda deyarli butun kunni 
ochiq havoda oʻtkazish lozim. 
Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozim. Bola kun 
tartibini bajarashi majburiyligiga va hyech qanday va iltimoslar, ma’lum vaqtda 
ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi kerak. Shu 
bilan birga kun tartibining zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. 
Masalan: 
- ertalabki badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun boʻyi tetik yurasan; 
- barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan menga ancha yordaming tegdi; 
- oʻz vaqtida ovqatlansak, piyoz oʻsagan hamda kasalga chalinmaysan


17 
kun tartibining qimmat bola faoliyatining har xil turlarining almashinib turishini 
ta’minlashdir, bu esa yosh oʻsuvchi organizmni char chashdan saqlaydi, bolaning har 
tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan: bola rasm solishga qiziqib ketib, 
stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat qilishi, chopishi kerak. 
Shuning uchun u oʻynab boʻlganidan keyingina unga tinch oʻyin yoki mashgʻulotni 
tavsiya qilish mumkin. Bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada boʻlmasin asta 
–sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab kun 
tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻnikishda katta ahamiyatga egadir. 
5 -6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bogʻcha tarbiyachilar soʻrovlari shuni 
koʻsratdiki, koʻpchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni 
afzal qoʻyishmoqda. Ta’lim tarbiyaviy –ishni bolaning tafakkuri, nutqi va bilim 
jarayonlarini shakllantirishga yoʻnaltirilib, pedagoglar bolani tabiat va jamoat 
toʻgʻrisida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. 
Qanday qilib olimlar maktabgacha tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va 
psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbyai jarayoniga qirib, uning mazmuni 
muvaffaqiyatli oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyadigan shaxsning umumiy rivojlanganligi 
deb koʻrsatilgan, aqliy va estetik rivojlanishida egallashi kerak boʻlgan sifat va 
jihatlarning yaxlit bir sistemasi deb koʻrsatilgan. 
Maktabgacha tayyorgarlik darajasini bolaning aqliy, jismoniy vazifalarni bajara 
oladigan butun organizm va asab sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini aniqlaydi. 
Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan oddiy bilimlar xulqning ijtimoiy va 
axloq –irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega. 
7 yosh – bu bola yangi sharotiga tez oʻrganadigan va oʻqish jarayonida 
muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning yettinchi 
yili –bu bekorchilikda buzilib kengmaslik uchun maktabda oʻqishni boshlaydigan vaqt 
hisoblangan. Bolani ona maktabida 5 -6 yil ta’lim –tarbiya olishini, u yetarli va optimal 
muhlat deb hisoblagan. 
Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sogʻligini umumiy holati va 
asosiy antronometrik koʻrsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. Bunda 
boʻyoi (7 yoshga 110 smdan kam boʻlmasligi kerak) vazn (20kg), koʻkrak aylanasi 


18 
(nafas chiqqanda 55 smdan kam boʻlmasligi kerak), tanadagi oʻzgarishlari suyaklarni 
oʻsishi. Bola mustaqil oʻzi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarni toza va tartibli 
sayalashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat 
qilish kerak. 
Bogʻcha tarbiyachilari har bir bolani maktabga tayyorgarligini toʻgʻri aniqlashda 
yetarli pedagogik va texnologik bilim va tajribalarga ega boʻlishi kerak, bunda ular 
“maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiyachiga qoʻyiladigan davlat talablari” 
talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan boʻlsa, 
uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hyech qanday kuchli ta’sirlar boʻlmagan boʻlsa, 
unda bola yetti yoshda ta’lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba’zi oila va bogʻchada 
maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis 
nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va mutaxassis haqida xulosa chiqaradi. 
Bolaning maktabga tayyormaslik xususiyatlaridan –bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla 
olmasligi va ijtimoiy rivojlanishining past darajasidir. 
Tuman 
psixologik 
–pedagogik konsultatsiyalarida bolaning maktabga 
tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta’’lim –tarbiyadagi profilaktik va 
korreksion usullarni tavsiya etadilar. 
Eng tanilgan va keng tarqalgan psixologik diagnostika vositalari: 
- A.Kernning maktabga tayyorgarlik testlari. 
- A.Effektning “Reversiv test”. 
- Maktabga tayyorgarlikni tekshiradigan Topningen tekshiruvi. 
Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga boʻlish mumkin: oʻqish jarayonida ishtirok 
etadigan alohida psixologik tomonlarni shakllangan darajasini aniqlaydigan testlar; 
maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. 
Konsultasiya xodimlari bolani tekshiriuvini ota –onalar oldida oʻtkazadilar. 
Soʻngra tekshiruvlar natijalari asosida qoʻyidagi choralarni maslahat beradilar: 
a) umum ta’lim maktabning 1 –sinfga yozish; 
b) oʻqishni 1 yilga qoldirish; 
v) bosani bogʻchaga yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish; 
g) bolani maxsus maktabga yozdirish. 


19 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling