Termiz davlat pedagogika insituti


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1209439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
zamira yangi pdf

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
- MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun oilada bolani maktabga tayyorlashda 
kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarining nazariy asoslari tavsiya 
etildi. 
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi: kirish, ikki bob, toʻrtta fasl, xulosa va 
tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida iborat.
Tadqiqotning tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar roʻyxati va ilovadan iborat. 
 
 
 
 



 1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA 
BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 
1.1. Maktabgacha ta`lim tushunchasi 
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U 
bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan 
ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan 
maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va 
oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi 
oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, 
qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza 
qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek 
maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot 
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza 
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib 
kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni 
tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini 
tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan 
talablar “Maktabgacha ta`lim 
muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi 
toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi. 
Maktabgacha ta`lim tizimi 
Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim 
muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi 
umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 
yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni 
va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi. 



Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va 
butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, 
javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli 
ma`lumotlarni 
“Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi 
toʻgʻrisida Nizom”
 dan olishinigiz mumkin. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling