Termiz davlat pedagogika insituti


Muammoning oʻrganilganlik darajasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1209439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
zamira yangi pdf

Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash muammolani ijtimoiy –siyosiy ahamiyatga egadir. Shu bois
pedagogika nazariyasi va amaliyotida bu yoʻnalishda bir qancha tadqiqot ishlari olib 
borilgan. Chunonchi oila sharoitida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammosi 
har doim dolzarb boʻlib qolmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlash 
muammolari – G.Yusupova, M.Sh.Rasulova, G.Jalolova, N.U.Bikboyeva, T.Charova, 
K.M.Mahkamjonov, chet el olimlaridan Ye.T.Nedonikina, A.V.Nikolsnaya, X.Klinton, 
L.A.Venlerlarning tadqiqotlarida tatqiqi etilgan. 
Tadqiqotlar tahlilidan ma’lum boʻldiki, maktabgacha yoshdagi bolani maktabga 
tayyorlash muammolari boʻyicha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo bolani 
maktabga tayyorlash muammolani boʻyicha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo 
bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish muammosi 
ilmiy metodik jihatdan keng qamroqli tahlil va tadqiq etilmagan. Bu hol 5 -7 yoshli 
bolalarning ma’naviy va amaliyo faoliyatga salbiy ta’sir etadi. Bu esa muammoning 
dolzarbligini koʻrsatadi. Aka shu muammoning nazariy va amaliy jihatdan oʻrganish 
maqsadida ilmiy tadqiqot mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarda kun tartibiga 
rioya qilish malakalarini oʻstirish” deb belgiladik.
Tadqiqot maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun 
tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:  
1. Bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va ularga ota –
onalar
tomonidan rioya qilinishi pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining 
mazmunini ishlab chiqish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan 
talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.



4. MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun bolani maktabga tayyorlashda kun 
tartibi va unga rioya qilish usullari boʻyicha metodik tavsiyalar tayyorlash.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling