Termiz davlat pedagogika insituti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1209439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
zamira yangi pdf

Tartibli laxzalar 
Vaqt 
Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish 
8:00-8:45 
Nonushta 
8:45-9:15 
Sayr 
9:15-10:00 
Mashgʻulot 
10:00-11:00 
Sayr, oʻyin va koʻngil ochish toza havoda 
11:00-12:45 
Tushlik va kundalik uyquga tayyorgarlik 
12:45-13:00 
Kunduzgi uyqu 
13:00-15:00 
Mashgʻulot 
15:00-16:30 
Sayr va toza havodagi oʻyin 
16:30-18:00 
Tinch oʻyin 
18:00-20:00 
Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini tozalash 
20:00-20:30 
Uyqu 
20:30-8:00 
Burchak hosil qilgan holda bukilib, oyoq tagi polga yoki oyoq qoʻyshchga tiralib 
turadi. Bolani yoza boshlashdan oldin qoʻlini tirsagidan stol chetiga erkin qoʻyib ketin 
yelkasini stolga chetidan taxminan 450 burchak hosil boʻladigan qilib echib oʻtirishga 
odatlantirish zarur.
Bunda oʻng qoʻl daftar ustida turadi, chap qoʻl esa daftarni uchidan salgina ushlab 
turadi. Koʻzdan kito yoki daftargacha boʻlgan oraliq 30 -35 smga teng boʻlishi kerak. 
Daftarning pastki chap burchagi oʻquvchining koʻkrak oʻrtasi qarshisiga toʻgʻri 
keladigan qilib qoʻyilishi kerak.


22 
Uy vazifalarini bajarayotganda ham ish bilan dam olishni almashtirib turish: har 
bir vazifani bajarib boʻlgan 10 -15 minut tanaffus qilish zarur.
Ota –onalarning bolaga, uning oʻqishiga doim e’tibor berishlari, oʻquv 
mabduriyatlarini bajarishi bilan qiziqishlari, maktab va oʻqituvchining oʻquvchiga 
qoʻyiladigan talab va qoidalariga maslahat va topshiriqlariga jiddiy munosabatda 
boʻlishlari bolani muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2.2. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari 
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy tarbiyasini 
amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlarini 
oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish shakllarni tanlashga va 
ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi. 
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi xususiyatlari 
bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik zamini boʻlib, bu 
rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek, har bir bola oʻzining 
asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi katta potensial 
psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan 
organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, 
eng qulay pedagogik sharoit yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan tarbiya va ta’lim 
sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan 
jismoniy tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning tugʻma asab tizimi 
xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan 
holda toʻgʻri tartib (yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat 
faoliyati, ochiq havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning ogʻishmay bajarilishini 
ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning oʻzaro va 
kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona munosabatlari alohida 
ahamiyatga ega. 
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi, atrof-muhit 
va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, 
hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga 


23 
har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining 
yaxshigina vositasidir”. 
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga individual 
tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, 
bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi. 
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda muhimdir. 
Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional 
holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy maylini 
namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam beradi. 
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir etishning 
amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-
irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga tushish xavfiga 
qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga, umumiy ishni hamma 
bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar 
bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat birnecha bor takrorlangach, bola uni 
zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining ragʻbatlantiruvchi bahosi 
bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi, emotsional koʻtarinkilik, bundan keyin ham 
shunday harakat qilish istagini uygʻotadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va 
tarbiyachining topshirigʻiga koʻra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga 
koʻrsatish va tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini 
charxlaydi, mashgʻulotlarga qiziqishni uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, 
tashabbuskor, xushchaqchaq boʻla boradi. Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar 
mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan, 
ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda 
boshlovchi boʻlish, sevimli rolni oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish 
h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan boʻla boradilar. 
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini 
yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati uchun 
sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon aylanishi, yurak 


24 
faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni umumiy 
sogʻlomlashtirishga yordam beradi. 
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning ajralmas 
qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga harakatli oʻyinlar va 
jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat shakllarida 
(bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning rivojlanishini, 
assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining tugʻilishini, soʻng oʻz niyatini 
amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, E.Y. Stepanenkova). 
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida 
gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-gigiyena 
me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga 
qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy 
kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va garmoniyaning 
gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigiyenik 
omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. 
Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki 
plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) 
xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. Toʻlaqonli jismoniy 
tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda erishiladi, chunki ularning har biri 
kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling