Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi bitiruvchi bosqich magistiranti Choriyeva Nigora Rahmonberdi


Download 46 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi46 Kb.
#1608363
Bog'liq
tashqi taqriz Nigora


Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi bitiruvchi bosqich magistiranti Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining 70110201-mutaxassisligi TTNM “Maktabgacha ta’lim” mutaxassisligi bo’yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish ” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyaishiga
TAQRIZ
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, o’z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, bolalarning fikrlash faolligini ta’minlashning pedagogik-psixologik yo’nalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon modelini maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning o’zaro hamkorligini ta’minlash hamda ustuvor printsiplar asosida ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Dissertant Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining magistrlik dissertatsiyasiga kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o’rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo’nalishlariga mosligini ko’rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish nazariyasi” deb nomlangan birinchi bobida, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish mazmuni, hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xosligi keng va atroflicha yoritilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish texnologiyalari” deb nomlangan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash usullari, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari va metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning tahlili batafsil yoritilgan. Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining mazkur dissertatsiyasining Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishning usul va vositalari, uni amalga oshirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari xususida fikr yuritgan hamda o’z tadqiqotida foydalangan o’yinlarning va pedagogik texnologiyalarning mazmuni, vazifalari, qo’llanishi tartibi va talablari, ahamiyati haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Ushbu diagnostik vositalarning ishning ilovasida to’liq berilganligi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratgan.
Shuningdek, magistr Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish ” deb nomlanuvchi 3 bobida olib borgan tajriba sinov ishlari, olingan natijalari tahlili hamda muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar keltirib o’tilgan.
Ushbu magistrlik ishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar katta va tayyorlov guruh bolalarini o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishda “Kamalak”, “Rangli sut”, “Yuruvchi suv ” kabi o’yin vositalardan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga ko’ra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir. Shuningdek, muallif har bir bolaning ijodiy qqobilyatini rivojlantirishning natijalari bilan katta va tayyorlov guruh tarbiyachilarini tanishtirib borishning muhimligini ko’rsatgani holda, pedagoglar olingan natijalarga qarab (o’rtadan past va past darajadagi) ular bilan tavsiya etiladigan metodikalar, pedagogik texnologiyalar, o’yinlar bilan alohida ishlashni yo’lga qo’yish texnologiyasini asoslaganligi ishning amaliy qimmatini ko’rsatadi.
Yana bir muhim jihati, maktabgacha ta’lim tashkiloti amaliyotchi psixologi tomonidan tarbiyachi pedagoglarga, qolaversa ota onalarga pedagogik-psixologik trening va faoliyatlar olib borish ko’nikma va malakalarini shakllantirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslaganligidir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, magistr magistr Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to’la javob beradi, o’zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo’shadi.
70110201-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
2-kurs magistri Choriyeva Nigora Rahmonberdi qizining ““Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish ” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasi yakunlangan ish deb xisoblansin va keyingi bosqichga tavsiya etilsin.
Taqrizchi:
Termiz davlat universiteti
Boshlang’ich ta’lim kafedra o’qituvchisi
p.f.f.d.(PhD) H.M.Jumayeva
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling