12- mavzu: Maktabgacha talim tasgkilotlarining oshxonolarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat maxsulotlarining ruyxati


Download 18.83 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1297553
Bog'liq
12-maxzu


12- mavzu: Maktabgacha talim tasgkilotlarining oshxonolarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat maxsulotlarining ruyxati

Reja:
1. MTT tarbiyalanuvchilariga mos oziq-ovqat maxsulotlarining ro’yxati



Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari:
I kategoriyali mol go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi, til);
I kategoriyali buzoq go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi, til);
I kategoriyali kam yog‘li, suyaksiz qo‘y go‘shti;
I kategoriyali tovuq, kurka go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi), haftasiga 2-martadan ko‘p berilmaydi;
I kategoriyali quyon go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi);
Baliq: tolstolobik, sazan, mintay, sudak, som;
Tuxum: I kategoriyali tovuq tuxumi, og‘irligi 55 grammdan kam bo‘lmagan;
Sut va sut mahsulotlari:
sut (yog‘lilik darajasi 2,5% va 3,2%), pasterizatsiyalangan, sterilizatsiya qilingan, quruq sut;
tvorog (yog‘lilik darajasi 5% va 2,5%) termik ishlov berilgandan so‘ng;
o‘tkir ta’msiz qattiq pishloq;
smetana (yog‘lilik darajasi 10%, 15% va 20%) -termik ishlov berilgandan so‘ng;
kichik idishdagi qatiq, kefir (200, 250, 500 g., hajmi 1 l dan oshmagan).
Yog‘lar:
sariyog‘ (faqat sigir sutidan tayyorlangan, yog‘lik darajasi 82,5%);
o‘simlik moyi (tozalangan va hidsizlantirilgan kungaboqar moyi), taom xamda pishiriqlar uchun ishlatish mumkin;
Qandolat mahsulotlari:
korxonada ishlab chiqarilgan — djem, murabbo, povidlo, tabiiy asal;
Sabzavotlar:
kartoshka, oq va qizil boshli karam, gulkaram va brokolli, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, kabachka, baqlajon, patisson, oshqovoq, piyoz, petrushka, ukrop, selder, tomat pastasi, tomat-pyure;
Meva va rezavorlar: olma, nok, banan, olxo‘ri; sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon) — allergik statusni hisobga olgan holda; quruq mevalar (turshak, quritilgan uzum, qora olxo‘ri, quritilgan olma, na’matak);
Dukkaklilar: no‘xat, loviya, mosh, yasmiq (chechevitsa);
Ichimliklar: tabiiy meva sharbatlari, kisel, kampot, na’matak damlamasi; kakao, choy, qaynatilgan sut.
Konservalar: mol go‘shtidan tayyorlangan konserva (istisno tariqasida go‘sht bo‘lmagan vaqtda), yashil no‘xat va makkajo‘xori konservasi;
Non, yormalar, makaron mahsulotlari: barcha turlari.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga
12-ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatilishiga ruhsat berilmaydi
kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, elin);
barcha yovvoyi hayvonlarning go‘shti;
ichi tozalanmagan parranda go‘shti;
2, 3, 4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti;
go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi;
xolodets, go‘shtning bezli qismlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet;
dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka;
charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizatsiyalangan yog‘lar;
yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i);
o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred);
tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, murabbo va o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq;
qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori);
pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana;
oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq;
suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli);
po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar;
barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar;
germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar;
ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar;
pestitsid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar;
uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda);
kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar;
turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, maza, xid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar,
yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipslar, fri);
mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qaxva;
barcha turdagi karamellar;
quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar;
bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari;
bo‘linmagan yoki maydalangan tuxum bilan makaron;
qovurilgan tuxum, omletdan tashqari;
tuxum barak;
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling