Termiz davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 15.64 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1589943
Bog'liq
ichki taqriz o\'g\'iloy


Termiz davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bitiruvchisi Sulaymonova O’g’iloy Ilhom qizning “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari”mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ichki
TAQRIZ
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan keng islohotlar yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratildi. Sohaga oid qabul qilingan qator davlat dasturlariga binoan ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda yanada jadal tus olmoqda. Bu esa o’z navbatida maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarining bugungi kun talab darajasida faoliyat olib borishlari uchun pedagogik-psixologik yo‘nalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachilarning pedagogik-psixologik kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, hamda oliy ta`lim muassasalari hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqozo qiladi.
Dissertant Sulaymonova O’g’iloyning magistrlik dissertatsiyasi kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o‘rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligini ko‘rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA” deb nomlangan birinchi bobida, muommolari bu MTT tarbiyalanuvchilarini ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish va bu soha bo’yicha olimlarning qarashlari va yondoshuvlarini tahliliy o‘rgangan va tizimlashtirgan.
Sulaymonova O’g’iloyning mazkur dissertatsiyasining 2–“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY VA MADANIY KADRIYATLARGA XURMAT RUXIDA TARBIYALASH” deb nomlangan bobida uzluksiz ta`lim tizimida maktabgacha ta`limning o’rni, yosh avlodni milliy va madaniy qadryatlar asosida o’zligini anglash xususida fikr yuritgan. Shuningdek, magistr Sulaymonova O’g’iloy o‘z ishining “ Tajriba sinov ishlari va natijalar ” deb nomlanuvchi 3-bobida olib borgan tajriba sinov ishlari, olingan natijalari tahlili hamda muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan.Ushbu magistrlik Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari oshirish maqsadida so’rovnoma va testlardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga ko‘ra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir.
Sulaymonova O’g’iloyning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to‘la javob beradi, o‘zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Sulaymonova O’g’iloy 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik daraja olishga loyiq deb hisoblayman va mazkur ishni ijobiy baholayman.
Termiz davlat Pedagogika dots. Muxtorova Lobar
Instituti Abdimannobovna
Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling